“Gazeta.uz” O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2025−2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturini taqdim etadi.

Partiya o‘zining bosh maqsadi deb “adolatni qaror toptirish”ni biladi. Partiya saylovda “Teng имкоniят­lar va adolatli jamiyat sari!” g‘oyasi bilan ishtirok etmoqda.

Partiya siyosiy-huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar hamda boshqa sohalardagi islohot va yangiлаniш­larni izchil davom ettirish yo‘lida quyidagi vazifalarni ustuvor deb hisoblaydi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillariga sodiq qolgan holda suveren, демок­ратик, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurilishida partiya ishtirokini ta’minlash;
  • inson, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari davlat va jamiyatning eng yuksak qadriyatlari ekanligini tan olib, jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalarida har bir insonning farovon hayoti uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash;
  • jamiyatda keskin tabaqalanishga yo‘l qo‘ymaslik barqaror taraqqiyotning muhim sharti ekanligini ta’kidlab, aholining yuqori turmush darajasiga ega ривож­ланган davlatlar qatoriga qo‘shilishiga erishish;
  • xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekanligi haqidagi konstitutsiyaviy prinsip асоси­да xalq hokimiyatining timsoli bo‘lmish vakillik демо­кра­тияси institutlarining roli va ahamiyatini yanada oshirish;
  • mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishи­ni ta’minlash, jamiyatning innovatsion, интеллек­тuал salohiyati va inson kapitalini rivojlantirish;
  • mamlakatda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar totuvligi, millatlararo va дин­larаро bag‘rikenglikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib borish.

Partiya “xalq ehtiyoji va orzu-umidlariga асос­ланган holda, mamlakatning kelajak avlodi oldidagi mas’uliyatni his etib”, kelgusi besh yillik uchun quyidagi maqsad va vazifalarni taklif etmoqda.

1. Huquqiy davlat barpo etish — oliy maqsad

Partiyaning bosh maqsadi Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi ta’minlangan hamda inson huquqlari va erkinliklari himoyalangan huquqiy davlat qurishdir.

Huquqiy davlatning muhim belgisi barcha fuqarolar va mansabdor shaxslar o‘z hayot tarzini qonun asosida yo‘lga qo‘yishidir. Buning uchun, eng avvalo, jamiyatda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash shart.

Adolatli va mustaqil sud tizimini yaratish ор­қали fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishон­чиni mustahkamlash choralari ko‘riladi va partiya bu borada quyidagi vazifalarni amalga oshirmoqchi:

  • fuqarolarga yengillik yaratish hamda sudlar faoliyatida sifat va samaradorlikni oshirish maqsadida har bir tuman va shaharda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarni tashkil etish;
  • fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining ortiqcha sarsongarchiligining oldini olish maqsadida davlat organi va ular mansabdor shaxslarining qarori va xatti-harakati yoki harakatsizligi ustidan ma’muriy sudga shikoyat qilishda nizolarni sudgacha hal qilish tartibini joriy qilish, shuningdek, ma’muriy sud ishlarini yuritishda dastlabki eshituv tartibini yo‘lga qo‘yish;
  • fuqarolarning sud hokimiyatiga ishonchini oshirishda sudyalarning mustaqil bo‘lishi muhim mezon bo‘lib, sudyalar huquqlarini yuqori darajada kafolatlash va ish yuklamalarini maqbullashtirish maqsadida “Sudyalar maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini ishlab chiqish;
  • sudlarda fuqarolarning huquq va erkinliklarini tez va sifatli ta’minlash, odil sudlovga erishish darajasini oshirish maqsadida sudyalar sonini aholi soniga mutanosib ravishda ko‘paytirish, shuningdek, sudyalarning ixtisoslashuvini yanada kengaytirish, jumladan, mehnat, soliq, moliya, intellektual mulk, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilishga oid nizolar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sudyalar korpusini yaratish.

“Adolat” SDP uchun oliy qadriyat bu — inson, uning huquq va erkinliklari hisoblanadi. U inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish tarafdori:

  • jarimalar miqdori va boshqa huquqiy ta’sir choralarni fuqarolarning daromadlariga mutanosibligidan kelib chiqib belgilash;
  • surishtiruv-tergov davrida keltirilgan, ushlab turilgan shaxslar, shuningdek, gumonlanuvchi yoki ayblanuvchi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar binosida vafot etgan holatda, har bir holat yuzasidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, bunday turdagi jinoyatlar uchun qonun hujjatlarida javobgarlik choralarini kuchaytirish;
  • tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarini ichki ishlar organlaridan Adliya vazirligi tizimiga o‘tkazish;
  • jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganga nisbatan avvalambor ijtimoiy himoyaga muhtoj bola sifatida munosabat bildirish lozimligi sababli bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish, yuvenal adliya tizimini yo‘lga qo‘yish.

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini samarali tashkil etish, ayniqsa, ichki ishlar organlari xodimlarining huquqiy madaniyati, inson huquqlariga rioya etish mas’uliyatini tubdan oshirish, mahallalardagi profilaktika inspektorlarining barchasi oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishini ta’minlash taklifi ilgari surilmoqda.

Fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash hamda davlat organlari mas’uliyatini oshirish maqsadida “Jamoat xavfsizligi to‘g‘risida” qonun qabul qilish taklif qilinadi.

Davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishini nazarda tutuvchi “Davlat kompensatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilishni taklif etiladi.

Jabrlanuvchiga jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zarar aybdordan undirilguniga qadar maxsus jamg‘armalar hisobidan qoplab berish amaliyotini joriy etish, bu borada Jinoyatdan jabrlanganlarga ko‘maklashish jamg‘armasini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Partiya yo‘l harakati xavfsizligi sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni maqsadga muvofiq, deb biladi:

  • haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalarini muntazam buzganlik uchun qonun hujjatlarida jazo choralarini kuchaytirish, shu jumladan, тран­sport vositasini mast holda boshqargan yoki og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan holatlarda umrbod haydovchilik huquqidan mahrum qilish;
  • yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini ko‘p buzgan transport vositasi egasining жавобгарли­gi­ni sug‘urta qilish summasini shunga mutanosib ravishda oshirish;
  • amaldagi qonun hujjatlariga tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylarida piyodalar huquqlarining ustuvorligini so‘zsiz ta’minlashga qaratilgan normalar kiritish.

Partiya inson huquq va erkinliklarini munosib himoya qilishda advokatura institutining o‘rni va roli beqiyos, deb biladi va shu bois odil sudlovni ta’minlashda advokatga berilgan huquqlarni qayta ko‘rib chiqish, ularga kasbiy vazifalarini samarali bajarishi uchun qo‘shimcha vakolatlar berish masalasini e’tiborga oladi.

Advokatura institutini yanada такomilлаш­тирish orqali inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish lozim, deb hisoblaydi “Adolat” SDP.

Shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, tizimli va keng qamrovli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) markazlarida Konstitutsiyaning ramziy monumenti o‘rnatilgan “Konstitutsiya xiyoboni” qurish taklif etiladi.

Ta’kidlanishicha, davlat ramzlari, Oliy Majlis palatalari, sud ҳо­kimияти, Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat орган­larи, fuqarolarning huquq va majburiyatlari bilan bog‘liq ma’lumotlar hamda zamonaviy media-audiovizual va boshqa ko‘rgazmali vositalar asosida yaratilgan “Konstitutsiya xiyoboni” aholining huquqiy ongini oshirishda, huquqiy madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

2. Adolatli fuqarolik jamiyati va demokratik institutlarni rivojlantirish

Partiya kuchli, erkin va adolatli fuqarolik jamiyati qurish, xalq hokimiyati tamoyilini izchil amalga oshirish, parlamentarizmni rivojlantirish va parlament demokratiyasining zamonaviy institutlarini qo‘llab-quvvatlash — mamlakatni demokratik yangilashning muhim sharti, deb hisoblaydi.

U Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy kengashlarining vakolatlarini yanada kengaytirish tarafdori. Parlamentarizm va parlament demokratiyasini rivojlantirish yo‘lida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni muhim, deb biladi:

  • parlament faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan mexanizmlarni yanada kuchaytirish, xususan, saylovchilar bilan tezkor bog‘lanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiluvchi “Raqamli parlament” tizimini takomillashtirish;
  • deputatlarning saylovchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotini yo‘lga qo‘yish va muammolarga joyida yechim topish maqsadida deputatlar ish vaqtining yarmini, albatta, o‘z saylovchilari oldida o‘tkazishini belgilovchi tartibni joriy etish;
  • hududlarda deputatlar vakolatini kuchaytirish va ularning hokimlar bilan huquqiy munosabatlarda o‘zaro tiyib turish mexanizmini takomillashtirish maqsadida mahalliy kengash deputatlariga tegishli hokimlarga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish huquqini berish.

“Qonunlar amalda to‘laqonli ishlashi lozim. Bu borada ijro hokimiyati tizimining o‘rni katta”, — deyiladi partiya saylovoldi dasturida.

U ijro hokimiyati tizimida ayollarning o‘rnini oshirish maqsadida rahbarlik lavozimlarining kamida 30 foizi ayollar bo‘lishiga oid qoida kiritishni taklif qiladi.

Shuningdek, asosiy ijtimoiy-iqtisodiy tusdagi vakolatlarni aholiga eng yaqin tuzilmaga berish, nomarkazlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish choralarini ko‘radi.

Partiya fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati kafolatlarini yanada mustahkamlash, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilgan jamoatchilik nazorati tartib-taomillarini buzgani uchun davlat organlari mas’ul mansabdor shaxslarining javobgarligini белgiлов­чи qonun qabul qilish;
  • fuqarolik jamiyati institutlarining aholi ҳu­қuқий madaniyati va ongini yuksaltirish bo‘yicha loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga ijtimoiy buyurtma va subsidiyalar ajratishni kengaytirish.

“Adolat” SDP mahalla institutining bundan keyin ham takomillashuvi, aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish markaziga aylanishi uchun vakolatlarini kengaytirish tarafdori.

Uning maqsadi — xalqimizning noyob qadriyati bo‘lmish mahalla institutining yanada takomillashuviga har tomonlama yordam berish. Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi chora-tadbirlarni qo‘llaydi:

  • mahallani jamoatchilik nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish, uning jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, mahalla boshqaruvida aholining faol ishtirokini ta’minlash;
  • mahalla raislari saylovida shu mahallada yashovchi ovoz berish huquqiga ega barcha fuqaroning to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirokini ta’minlash;
  • mahallaning moliyaviy imkoniyatlarini yanada oshirish, kambag‘allikni qisqartirishga yo‘naltirilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning maqsadli va manzilli yo‘naltirilishini ta’minlash.

Partiya so‘z va matbuot erkinligi, axborot olish va uni tarqatish huquqini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan OAV mustaqilligini ta’minlash, jurnalist va blogerlarning erkin faoliyat yuritishi uchun shart-sharoitlarni yanada kengaytirish, sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirib borishni muhim vazifa, deb biladi. U jurnalist va blogerlarning qonun doirasidagi faoliyatiga biror bir mansabdor shaxs aralashishi yoki ularga bosim o‘tkazishini mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat, deb hisoblaydi. Bunday qilmish uchun javobgarlik belgilashni taklif etamiz. Bu borada yana quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish tarafdori:

  • OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ma’lumotlar tarqalishi va firibgarlikning oldini olishga qaratilgan mexanizmni joriy etish, xususan, ogohlikka chorlovchi kontentlarni yanada ko‘paytirish, yolg‘on xabarlar va firibgarlikning yangi turlari haqida doimiy, o‘ziga xos shaklda ogohlantirib turuvchi “Stopfeyk” (Stop Fake) platformasini yaratish;
  • Internet jahon tarmog‘ida voyaga yetmaganlarni himoya qilish maqsadida noqonuniy va zararli mazmundagi veb-resurslarni doimiy kuzatib borish va ularning zararini bartaraf qilish mexanizmlarini joriy etish.

3. Iqtisodiyotning barqaror rivojini ta’minlash

Partiya mamlakat iqtisodiyotini barqaror ривож­лантирishni eng muhim vazifalardan biri, deb biladi. Ustuvor vazifasi — davlatning iqtisodiy faoliyati natijasida yuzaga kelgan daromadni adolatli taqsimlashni ta’minlaydigan huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqishdir.

Mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojini ta’minlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim, deb hisoblaydi:

  • soliqlar va boshqa qayta taqsimlash во­си­та­larи orqali aholi daromadlarini teng­лаштирish siyosatini yuritish;
  • “ko‘p daromad topgan ko‘p soliq to‘laydi” тамо­yiliga ko‘ra hamda adolatli va samarali soliq va budjet siyosatini amalga oshirish maqsadida soliqqa tortishning progressiv stavkalarini hayotga joriy etish va shu orqali daromadlar tengsizligini kamaytirishga erishish;
  • aholining ehtiyojmand qatlamlari toifasiga kirgan shaxslarni ishga qabul qilganlik uchun soliq им­тиёзlarи belgilash;
  • tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, soliq to‘lovchilar tomonidan tushumni yashirishning oldini olish va naqd pulsiz savdo-sotiqni ko‘paytirish maqsadida ularga qo‘llanadigan moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) miqdorini qat’iy belgilash, bunda jarimalar ularning tushumiga bog‘liqligini bartaraf etish;
  • tadbirkorlarga majburiyat yuklaydigan barcha qoidalarni faqat qonunlar orqali joriy qilish;
  • bojxona va soliq imtiyozlarini такomilлаш­тирish, imtiyozlarni shaxslarga emas, aniq sohalarga berilishini ta’minlash.
  • tadbirkorlar va fuqarolarning mulk huquqini kafolatlash maqsadida “Mulk huquqi prezumpsiyasi”ni joriy qilish, mulk egasi uning mulkdor emasligi isbotlanmaguncha ushbu mulkning mulkdori hisoblanishi va mulkka egalik qiluvchi davlat organining hujjatiga ishonib harakat qilgan insofli egallovchidan mulkni qaytarib olish ta’qiqlanishini qonunchilikda belgilash;
  • fuqarolarni kiberhujumlar oqibatida moddiy zarar ko‘rish holatlari bo‘yicha bank muassasalari va huquqni muhofaza qilish idoralarining mas’uliyatini oshirish;
  • sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish hamda narx-navoni sun’iy ko‘tarishga qaratilgan xatti-harakatlarni nazorat qiluvchi idoralar mas’uliyatini oshirish va bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
  • mamlakatning sanoat salohiyatini oshirish va hududlarni izchil rivojlantirishda kichik sanoat zonalari, sanoat klasterlarining muhimligini inobatga olib, “Kichik sanoat zonalari to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish.

Partiya yashirin iqtisodiyotga barham berish maqsadida sohada nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat inspeksiyalarining faoliyatini yanada takomillashtirish hamda jamoatchilikning raqamli iqtisodiyot borasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish choralarini ko‘radi.

Qishloq xo‘jaligini jadal innovatsion ривож­лантирish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ilmiy asosda tashkil etish, fan va amaliyotning o‘zaro uyғuн­лиgini ta’minlash yaqin kelajakda O‘zbekistonning аг­рар sohadagi ulkan imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda, kambag‘allik muammolarini hal etishda ijobiy natijalar beradi, deb hisoblaydi.

Buning uchun:

  • oliy ta’lim tizimida qishloq ho‘jaligi sohasidagi kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish kvotalarini oshirish;
  • zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish, dehqonlarni yangi agrotexnologiyalarga o‘qitish;
  • qishloq xo‘jaligida tabiat injiqliklari, suv tan­қислиgi, yer sho‘rlanishi kabi xatarlar ortib бораёт­гаni sababli agrar sug‘urtalashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish, eng avvalo, sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish, jumladan, “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi qonunini qabul qilish;
  • aholiga arzon go‘sht mahsulotlari yetkazib berish va narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida go‘sht yetishtirishning noan’anaviy yo‘nalishlarini, xususan, parrandachilik, quyonchilik, baliqchilik kabi tarmoqlarni rivojlantirishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish;
  • “Tez veterinariya yordami” xizmatini joriy etish, veterinariya sohasiga yangi innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish orqali sohani yanada rivojlantirish, zamonaviy zootexnik kadrlar tayyorlashga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishni taklif qiladi.

Partiya iqtisodiyotga yangi, energiya resurslarini tejaydigan тех­нолоgiя­larni keng joriy etish, muqobil energiya manbalarini rivojlantirish, energiya tejamkorligiga erishish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur, deb hisoblaydi:

  • kelgusi 5 yillikda mavjud energiya quvvatlarining kamida 30 foizini muqobil energiya manbalari tashkil etishiga erishish, jahonning ilg‘or texnologiyalariga asoslangan holda milliy avtosanoatda elektr dvigatelli yengil avtomobillar, avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, 2030-yilga qadar ichki yonuv dvigatelli transport vositalarining kamida 30 foizini ekologik toza transport vositalariga almashtirish masalalarini hayotga tatbiq qilish;
  • energiya tejamkor qurilish me’yorlarini qabul qilish, energiya samaradorligini oshirishdagi to‘siqlarni bartaraf etish, oilalarda energiya yukini kamaytirishga yordam beradigan samarali uy isitish tizimlarini joriy etishni rag‘batlantirish;
  • kam ta’minlangan aholi xonadonlariga davlat subsidiyasi asosida quyosh panellari o‘rnatishni qo‘llab-quvvatlash;
  • elektr energiyasini iqtisod qilish maqsadida magistral yo‘llarni quyosh panellari yordamida yoritish tizimini yo‘lga qo‘yish;
  • ko‘p qavatli uylarda energiyani tejash bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish, unga muvofiq, ko‘p qavatli uylarni joyiga qarab markazlashgan, lokal yoki individual isitish tizimiga, ayrim qozonxonalarni kogeneratsiya texnologiyasiga o‘tkazish.

“Adolat” SDP iqtisodiyotni yanada yuksaltirish uchun uning qon tomirlari bo‘lgan mamlakat yo‘llarini, тран­sport va logistika sohasini yanada rivojlantirish zarur, deb hisoblaydi. Bu borada yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan yo‘llarni bosqichma-bosqich katta mexanik ta’sirlarga bardoshli va uzoq muddat xizmat ko‘rsatishi uchun sement-beton qoplamaga o‘tkazishni taklif qiladi.

4. Kuchli ijtimoiy siyosat — xalq farovonligi kafolati

Partiyaning qat’iy pozitsiyasi — jamiyatda ijtimoiy adolat tamoyilini qaror toptirish. U har bir inson uchun farovon turmush, xususan, sifatli ta’lim, munosib mehnat sharoiti va adolatli ish haqi, pensiya va nafaqalar, ijtimoiy yordam va xizmatlar tizimi yaratilgan, uy-joyga ega bo‘lish sharoiti mavjud, ijtimoiy tafovutlar yumshatilgan, muvozanatlashgan, qonun ustuvor bo‘lgan, o‘z fuqarolari uchun ijtimoiy adolatni ta’minlagan mamlakat, adolatli ijtimoiy davlat siyosati tarafdori.

Shu maqsadda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va bu yo‘nalishda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Ijtimoiy davlat — 2030” dasturini ilgari suradi. Bu borada aholi o‘rtasida keskin tabaqalanishning oldini olish, buning uchun tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa choralarni ko‘rish lozim, deb hisoblaydi.

Aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashning eng muhim yo‘nalishi bu — fuqarolarning uy-joyli bo‘lishga oid konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish.

U subsidiyalarni haqiqatda muhtoj bo‘lgan fuqarolarga o‘zlari tanlagan hududdan uy-joy qurish va sotib olish uchun imtiyozlar ajratish tizimini такomil­лаштирish, bunda subsidiya asosida uy sotgan тад­bir­корlarni qo‘llab-quvvatlash tarafdori.

Renovatsiyaga doir qonun, uni amalga oshirishning qat’iy talab va tartiblari, uy-joy mulkdorlari huquqlariga rioya etish kafolatlari bo‘lmaguncha bunday loyihalarni amalga oshirmaslik kerak, deb hisoblaydi.

Partiya ijtimoiy obyektlarni saqlab qolish тараф­dori. Istirohat bog‘lari, bolalar oromgohlari, sayilgohlar, ta’lim va tibbiyotga oid davlat obyektlari va ularning ҳu­дuдlarиni sotish, xususiylashtirish yoki begonalashtirishni taqiqlash, bunday harakatlar uchun javobgarlik бел­giлашni taklif qiladi.

Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlarini jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishning huquqiy asoslari va yangi tartibini joriy qilish muhim, deb biladi.

Fuqarolarni ish bilan ta’minlash, xodimlarning mehnat huquqlari muhofazasini kuchaytirish partiyaning eng dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qoladi. Bu borada:

  • oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun “Kafolatlangan birinchi ish joyi” loyihasini amalga oshirish;
  • yollanma ishchi fuqarolarning huquqlari himoya­сиni kuchaytirish, yollanib ishlagan davri ularning mehnati ish stajiga qo‘shilishini belgilash;
  • mehnat migrantlari huquqlarini har tomonlama himoya qilish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish, шuning­дек, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga ega bo‘lishini tashkil etishga ko‘maklashish;
  • urush, mehnat, Qurolli kuchlar, ichki ishlar organlari, davlat xavfsizligi va boshqa xizmatlar faxriylarining maqomini belgilash va ularning huquqlarini kafolatlash maqsadida “Faxriylar to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqish choralarini ko‘radi.

Aholiga sifatli kommunal xizmatlarini ko‘rsatish ham “Adolat” SDPning doimiy diqqat-e’tiborida bo‘ladi. Buning uchun:

  • gaz yetib bormagan aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash;
  • iste’molchilarga masofadan ma’lumot uзатuв­чи zamonaviy suv hisoblagichlarini o‘rnatish, aholini suv bilan ta’minlash qamrovi hamda suv sifati darajasini oshirib borish choralarini kuchaytirish;
  • kommunal to‘lovlarning miqdorini belgilash va oshirishga qaratilgan masalalarda Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy kengash­larдаgi deputatlar nazoratini tashkil etish taklifini ilgari suradi.

Shahar va qishloqlarda aholi istiqomat qilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yanada kengaytirish dolzarb vazifa bo‘lib, partiya bu borada quyidagilarni amalga oshiradi:

  • yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, shaharlar markazlarida tirbandliklar va boshqa ko‘ngilsiz oqibatlar kelib chiqishining oldini olish maqsadida piyodalar uchun yerusti o‘tkazgichlar qurishni qo‘llab-quvvatlash;
  • jamoat transporti tizimini tartibga solish, aholining vaqtini tejash, manziliga o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlash maqsadida jamoat transportlari qatnovini tartibga solish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish.

Partiya imkoniyati cheklangan shaxslarning huquq va manfaatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni taklif qiladi:

  • birinchi guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish;
  • piyodalar yo‘llarida nogironlar uchun teng sharoitlar yaratish, nogironlar uchun svetoforlarda maxsus tovush chiqaruvchi qurilmalar o‘rnatish;
  • nogiron farzandli oilaga davlat tomonidan barcha zarur tibbiy va reabilitatsiya xizmatlarini taqdim etish.

Ta’limga investitsiya — bu kelajakka investitsiya, xalq farovonligi, davlatning ра­қобатдошлиgini ta’minlovchi omil, qayd etadi partiya. Shu bois u uzluksiz ta’lim tizimini muntazam takomillashtirish, sifatli ta’lim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tarafdori.

“Adolat” SDP ta’limning har qanday turida ta’lim мuассаса­larига qabul qilish tartibini ishlab chiqish, ayniqsa, davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga tarbiyalanuvchilarni qabul qilish tartibini qayta ko‘rib chiqish, bu borada “ochiq onlayn ro‘yxat” tashkil etish zarur, deb biladi.

Maktablarda o‘qitilayotgan texnologiya fani o‘quvchilarning kelajagi uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etishidan kelib chiqib, partiya ushbu fanni o‘qitishni zamon talablari asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur, deb hisоб­лайди.

U sun’iy intellekt asosida “aqlli maktab” dasturini ta’lim tizimiga joriy etishni ustuvor vaзи­фаlardan biri, deb biladi. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida robototexnika fanini joriy etish choralarini ko‘radi.

Ayrim umumta’lim maktablarida sinfdagi o‘quvchilar soni belgilangan normadan ancha yuqoriligi ularning sifatli ta’lim olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini e’tiborga olib, partiya o‘quvchilar sonini optimallashtirish zarur, deb hisoblaydi.

U ta’lim sohasida metsenatlikni rivojlantirish uchun qonunchilikni takomillashtirish, тадbirкор­lar, kompaniyalar, shaxslar nomi bilan bog‘liq turli stipendiyalar joriy etilishini qo‘llab-quvvatlaydi.

“Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada o‘qituvchi maqomi alohida belgilangani bejiz emas. Zero, jamiyatimizda o‘qituvchining obro‘si oshsa butun millatning obro‘si oshadi. Shu bois, partiyamiz elektoratining asosiy qismini tashkil etuvchi o‘qituvchilarning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va rag‘batlantirish bundan ке­йин ham doimiy diqqat-e’tiborimizda bo‘ladi”, — deyiladi saylovoldi dasturda.

U ota-onalarning ta’lim-tarbiya jarayoniga faol jalb etilishiga, oila, maktab va mahalla o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga harakat qiladi.

Talabalarning turar joylar bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etish maqsadida har bir oliy ta’lim muassasasi huzurida talabalar soniga mos talabalar turar joylari qurish choralarini ko‘radi.

Yoshlarning jahon ilm-faniga erkin kirib borishini ta’minlash maqsadida bosqichma-bosqich бакалав­риатга kirish uchun ingliz tilini bilish bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lish tartibini joriy etishni taklif qilamiz.

Biz oliy ta’lim muassasalarida o‘quv sifatini oshirish maqsadida o‘quv adabiyotlari sifatini yaxshilash, zamonaviy xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish muhim, deb bilamiz.

Ilm-fan sohasi vakillarining manfaatlarini ta’minlash, olimlarning mashaqqatli mehnatini qadrlash maqsadida “Ilm-fan xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishni taklif qiladi.

Partiya ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat xarajatlarini ko‘paytirish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish orqali fan, ta’lim, ishlab chiqarish tizimlarining uzviy aloqadorligini ta’minlaydi.

Shuningdek, intellektual mulk obyektlarini himoya qilish, mualliflik huquqlari buzilishi holatlariga nisbatan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, iqtisodiyotning lokomotivi bo‘lgan injener, texnolog, agronom-mexanizator kabi mutaxassislarning sonini ko‘paytirish, malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash partiyaning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Mamlakatda ilmiy tadqiqotlardan olingan ijobiy natijalarni tibbiyot va sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va biotexnologiyalar, gidrologiya va suv muammolari, energetika, muqobil energiya manbalari va resurs tejamkor texnologiyalar, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi kabi sohalarga joriy qilish ishlarini izchillik bilan olib borish orqali davlatning iqtisodiy qudratini mustahkamlaydi.

5. Xalq salomatligi — ulkan boylik, farovon turmush garovi

“Adolat” SDP sog‘liqni saqlash masalasiga birinchi navbatdagi ijtimoiy vazifa sifatida qaraydi va har bir insonning malakali tibbiy xizmatdan foydalanishdek konstitutsiyaviy huquqi ro‘yobga chiqishini kafolatlaydi.

Uning tibbiyot sohasidagi birinchi galdagi vazifasi tibbiyot xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularning huquqlarini kafolatlash hisoblanadi.

Shu bilan birga, olis va chekka hududlardagi oila­вий shifokor punktlari va oilaviy poliklinika­larда tor soha mutaxassislari faoliyatini yo‘lga қў­йishni taklif qiladi.

Partiya aholiga kafolatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish borasida quyidagi vazifalarni amalga oshirish muhim, deb biladi:

  • “Aqlli tibbiyot” tizimining huquqiy asoslarini ishlab chiqib, sog‘liqni saqlash tizimini to‘liq ра­қам­лаштирish, “elektron poliklinika” va “yagona elektron anketa” tizimlarini yo‘lga qo‘yish;
  • tibbiyot daromad olish manbaiga aylanib qolmasligi uchun nodavlat tibbiyot tashkilotlarini “tijorat tashkiloti”dan notijorat tashkilotiga o‘tkazish;
  • xususiy tibbiyot, ta’lim va ovqatlanish korxonalarida sanitariya-epidemiologiya nazorati amalga oshirilishini kuchaytirish orqali aholini zaharlanish va yuqumli kasalliklardan himoya qilish.

Partiya sohaga oid milliy qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyotining chuqur tahlili va ilg‘or xorijiy таж­рибаni o‘rganish asosida sog‘lom avlod, sog‘lom turmush tarzi, xalq salomatligi yo‘lida қu­йидаgilarni taklif etadi:

  • yosh avlodning sog‘lom bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash maqsadida 9−14 yosh bolalarni har yilda bir marta davlat mablag‘lari hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
  • aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat hisobidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar va dori во­ситаlarи ro‘yxatini takomillashtirish, ijtimoiy dorixonalarni rivojlantirish, og‘ir kasalliklarni davlat toмоni­dan davolashni kengaytirish;
  • aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasini yanada oshirish maqsadida 50 yoshdan oshgan fuqarolarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish amaliyotini yo‘lga қў­йish;
  • maktablarda bolalarga bepul stomatologiya xizmati ko‘rsatilishini ta’minlash va o‘quvchilarni yiliga ikki marta stomatologik ko‘rikdan o‘tkazish;
  • maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, про­фессио­нал va oliy ta’lim muassasalarida berilayotgan oziq-ovqatlarning sifatini, uning kaloriyasini monitoring qilish bo‘yicha deputatlik va жа­моатчилик nazoratini kuchaytirish.

Partiya onalar va bolalarning har bir o‘limi фав­қuлодда holat sifatida ko‘rilib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida alohida dastur ishlab chiqish, og‘ir holatdagi, salomatligida muammosi bo‘lgan onalar ro‘yxatini shakllantirib, ularning tizimli ravishda davolanishini tashkil etishni taklif qiladi.

U farmatsevtika va tibbiyot xodimlari orasida­gi yashirin kelishuv va noqonuniy muloqot, farmatsevtlarning tibbiyot muassasalariga g‘arazli homiyligini to‘liq taqiqlash, bu kabi harakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilash tarafdori.

Shu bilan birga, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining aholiga arzon va qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida quyidagi choralarni amalga oshiradi:

  • dorilarning yagona elektron bazasini shakllantirish va mamlakat bo‘ylab yaxlit elektron tizimni joriy qilish;
  • dori narxlari sun’iy oshirilishining oldini olish maqsadida xorijiy tajriba asosida dori vositalarining harakatlanish zanjirini (ishlab чиқари­лishи, realizatsiyasidan to iste’molchiga yetib бор­гuнча bo‘lgan jarayonni) kuzatish texnologiyasidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
  • dorixonalarda retseptsiz sotiladigan dori vositalari ro‘yxatini qisqartirish hamda dorixonalar sonini maqbullashtirish;
  • nodavlat tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori ustidan davlat nazoratini o‘rnatish.

“Adolat” SDP “Sog‘lom avlod — sog‘lom jamiyat” konseptual g‘oyasi asosida “Demografik rivojlanish — 2050” konsepsiyasini ishlab chiqish tarafdori.

Keksalarga mo‘ljallangan turli-tuman tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi alohida kompleks sog‘lomlashtirish dasturi ishlab chiqish, qariyalar bilan ishlaydigan shifokor-gerontologlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, shifoxonalar va poliklinikalarda qariyalar bilan ishlovchi shifokor-gerontolog shtatini joriy etishga alohida e’tibor qaratiladi.

Partiya malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlashda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • O‘zbekistonda tug‘ilish soni ko‘pligini inobatga olgan holda, pediatriya sohasida mutaxassislar tayyorlash sonini ko‘paytirish;
  • tibbiyot xodimlari malakasini oshirishning markazlashgan tizimini bekor qilish hamda uning o‘rniga ixtisoslashgan markazlarda va viloyatlarda malaka oshirishni tashkil etish.

6. Oilani mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish

Partiya oilani mustahkamlash jamiyat rivojida muhim o‘rin tutishini hisobga olib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ustuvor vazifa, deb biladi:

  • oila institutining huquqiy asoslarini yanada мuс­таҳkamлаш, onalik, otalik va bolalikning muhofazasini kuchaytirish maqsadida “Onalik, otalik va bola­ликniнг davlat muhofazasi to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish;
  • FHDYO organlariga nikohlanuvchilarning yaqin qarindoshlik aloqalarini tekshirish huquqini berish, yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh qurgan fuqarolarga va rasmiylashtirgan mas’ullarga nisbatan jazo choralarini belgilash;
  • oilaviy ajrimlarning asosiy sabablaridan biri yoshlarning turmushga tayyor emasligini inobatga olib, oila qurayotgan barcha yigit va qizlar uchun ularni ijtimoiy, psixologik, moddiy va huquqiy tarafdan turmushga tayyorlaydigan “Yosh oila” platformasini yo‘lga qo‘yish.

U aholining barcha qatlamlari orasida, ayniqsa, yoshlarda “ildizlari ming yillarga borib taqaladigan xalqimizning bebaho va boqiy milliy qadriyatlariga” nisbatan hurmat-ehtirom, shuningdek, ularga daxldorlik hissini kuchaytirish tarafdori.

Yoshlar qalbida buyuk ajdodlarga bo‘lgan mehr-muhabbatni oshirish maqsadida O‘zbekistondagi barcha maktablarga buyuk allomalar va davlat арбоб­larи, O‘zbekistondagi tarixiy shaxslar va jadidlarning nomlarini berishni taklif etmoqda.

Partiya xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoitlarni yanada kengaytirish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash hamda onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosatni olib boradi. Mazkur yo‘nalishda partiya quyidagi vazifalarni taklif qiladi:

  • xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqash, ayniqsa, yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish choralarini kuchaytirish;
  • zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlariga uchragan ayollarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha maxsus elektron platforma yaratish;
  • xotin-qizlarning mehnat huquqlarini yanada kafolatlash hamda yollanma ishchi ayollar mehnati мuҳофа­засиni yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Респuб­­ликасиniнг “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuniga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish;
  • tug‘ish yoshidagi va homilador ayollarga hamda bolalarga davlat tomonidan bepul beriladigan vitaminlar, yod va foliy kislotasining o‘z vaqtida va to‘liq ajratilishini ta’minlash ustidan parlament va deputatlik nazoratini o‘rnatish;
  • ilm-fan bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan olima xotin-qizlarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida sohaga oid qonunchilikka ularga qo‘shimcha imtiyozlarni ko‘zda tutuvchi normalar kiritish;
  • xotin-qizlar va bolalarning hayoti, haq-huquqlari­ni himoya qilish maqsadida “shelter”lar (uysizlar, shuningdek, jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan yoki uyda zo‘ravonlikni boshdan kechirgan xotin-qizlar va bolalar uchun boshpana) ochish va ularda zo‘ravonlikka uchraganlarga to vaziyat o‘nglangunga qadar ta’lim berish, zarur tibbiy, psixologik va boshqa yordam­lar ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rish.

Mamlakatda yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mazkur yo‘nalishda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni taklif qiladi:

  • barcha oliy ta’lim muassasalarida harbiy кафед­раlar tashkil etish orqali talaba yigitlarning harbiy unvon olishdek sharafli istaklarini ro‘yobga chiqarish;
  • yoshlarning sog‘lom kamol topishi va sport bilan shug‘ullanishini ommalashtirish maqsadida har bir ма­halлада bolalar shug‘ullanadigan sport maydonlarini tashkil etish;
  • yosh ixtirochi olimlarni qo‘llab-quvvatlash мақ­садида patent olish jarayonini yanada soddalashtirish.

“Adolat” SDP yoshlarni milliy tarix bo‘yicha turli yolg‘on va asoslantirilmagan ma’lumotlardan asrash, chetdan bo‘layotgan axborot xurujlaridan saqlash hamda Vatan mustaqilligini yanada mustahkamlash мақса­дида umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun tarix fanini o‘qitishda dars soatlarini ikki barobar ko‘paytirishga, mazkur fan bo‘yicha olimpiada ishtirokchilarini munosib taqdirlashga alohida e’tibor qaratadi.

U respublika hududlarida yoshlar технопарк­larиni tashkil etish borasidagi sa’y-harakat­larni qo‘llab-quvvatlaydi hamda mavjud texnoparklarni yanada rivojlantirish choralarini ko‘radi.

Yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yanada takomillashtirish maqsadida respublikadagi har bir shahar va tuman markazida bittadan namunali kitob do‘koni tashkil etish, ko‘chma kitob pavilonlarini joylashtirish va “bibliobus”lar orqali qishloq va ovullar aholisiga kutubxona xizmatlarini tashkil etish choralarini ko‘radi.

Bolalarning intellektual salohiyatidan kelib чи­қиб, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, ҳu­қuқ va manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom o‘sishini ta’minlash maqsadida bolalarning himoyasini ta’minlash partiyaning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada:

  • bolalar huquqlarini to‘laqonli ta’minlash, тў­ланмаётган aliment va boshqa to‘lovlarni o‘z vaқ­тида to‘lab berishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Bolalar jamg‘armasini tashkil etish va respublika bo‘yicha tushadigan jarimalarning muayyan foizini ushbu jamg‘armaga yo‘naltirish;
  • voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun jazolarni keskin kuchaytirish, 14 yoshga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatchilarga nisbatan umrbod qamoq jazosini qo‘llash;
  • bolaning huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida da’vo arizasi bilan chiqqan da’vogarlarni davlat boji to‘lashdan ozod qilish;
  • bolalar salomatligini asrab-avaylash maqsadida bolalar poliklinikalari va o‘smirlar dispanserlarini qayta tashkil etishni taklif qiladi.

7. Musaffo havo va yashil tabiat — uzoq umr va barqaror taraqqiyot kafolati

Partiya Konstitutsiyada belgilangan har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqini amalda to‘laqonli ro‘yobga chiqarish yo‘lidan bormoqchi.

Ekologik muammolarni hal etishdagi harakatlarini, birinchi navbatda, ushbu muammolarning iqtisodiy jihatlariga qaratadi. Barcha ekologik muammolarni va u bilan bog‘liq fuqarolar salomatligini himoya qilish masalalarini faqat davlat budjetiga yuklash to‘g‘ri bo‘lmaydi, deb hisoblaydi.

U “Ekologiyani ifloslantiruvchi — kompensatsiya to‘lashi lozim” prinsipi tarafdori. Havoni ifloslantirishda yetakchi bo‘lgan yirik korxonalarga alohida soliq va jarima joriy etishni taklif qiladi.

Davlatning yerosti va yerusti zaxiralarini himoya qilish, tabiiy boyliklarni samarasiz qazib olishni cheklash choralarini ko‘radi.

Mamlakatda suv resurslari cheklangan bo‘lib, 2040-yilga borib O‘zbekiston aholisining bir qismi suvsizlikdan aziyat chekishi mumkin. Shu bois partiya ichimlik suvi resurslarining besamar ishlatilishini kelajak avlod oldidagi mas’uliyatsizlik, deb hisоб­лайди va jamiyatda qat’iy suv tejamkorligiga rioya etish bo‘yicha quyidagi ustuvor vazifalarga birlamchi e’tibor qaratadi:

  • ichimlik suvini ishlab chiqarishdan boshlab yakuniy iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan samarali tizimni joriy etish, sohaga davlat-xususiy шyerик­лик tamoyillarini keng joriy qilish;
  • obodonlashtirish tarmoqlarini texnik qayta ishlangan suv bilan ta’minlash, sanoat korxonalarini oqova suvlarni lokal tozalash inshootlari bilan ta’minlash orqali samaradorlikka erishish;
  • Markaziy Osiyoda suv tanqisligining oldini olish maqsadida, qo‘shni davlatlar bilan suv zaxirasini saqlash va kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni kengай­тирish.

Partiya fuqarolarning toza atrof-мu­ҳитга bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida қuyи­да­gilarni taklif qiladi:

  • noqulay va samarasiz yerlarni ishsiz odamlarga bo‘lib berish va moliyalashtirish orqali yashil ўр­мон­зорlar qurish;
  • daraxtlarni “boshqa joyga ko‘chirish” баҳона­сида ularni kesish holatlari ko‘payayotganini inobatga olib, ushbu sohada javobgarlik choralarini kuchaytirish;
  • aholi o‘rtasida maishiy chiqindilarni saralab joylashtirish va chiqindi bunkerlarini aholiga yaqin masofaga qo‘yish, har kunlik chiqindi bunkerlarini almashtirish tartibini joriy etish orqali “Toza shahar”, “Toza xonadon” konsepsiyasini ro‘yobga chiqarish;
  • sanoatda havo sifatini nazorat qiluvchi сtanдарт­larni joriy qilish, shaharlarda velosipedda va пиё­да yurishni rag‘batlantirish;
  • 2050-yilgacha uglerod neytralligiga erishish uchun qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish;
  • shaharlarda havo ifloslanishining oldini olish maqsadida qozonxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va iqlim barqarorligini rag‘batlantirish.

8. Korrupsiyaga qarshi kurashish — ustuvor vazifa

Partiya qonunlarni ijro etish jarayonida ularga nisbatan har qanday formal munosabatda bo‘lish va buning natijasida adolatga putur yetkazish holatlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha doimiy faoliyatni yo‘lga qo‘yadi.

Partiya davlat mablag‘lariga qilingan har qanday tajovuzni Vatanga xiyonat sifatida ба­ҳолайди va talon-torojlik hamda suiiste’molchiliklarni qat’iy jazolash prinsipini ilgari suradi.

Davlat budjeti mablag‘larini noqonuniy xarajat qilish, kamomad va o‘g‘riliklarga barham berish, davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining шаф­фофлиgini ta’minlashda quyidagi zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim, deb hisoblaydi:

  • davlat daromadiga undiriladigan barcha to‘lovlar (jarimalar, davlat bojlari, yig‘imlar va bosh­қа majburiy undiruvlar) vazirlik va idoralar g‘aznasiga emas, to‘laligicha davlat budjetiga tushishini ta’minlash;
  • budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish maqsadida davlat xaridlariga oid qonunchilikni takomillashtirish;
  • davlat budjeti daromadlari va xarajatlari bilan bog‘liq barcha jarayonlarni raqamlashtirish va ochiqlash;
  • “Tashabbusli budjet” tizimi doirasida ажрати­лаётган mablag‘larning hajmini oshirib borish, amalga oshirilayotgan loyihalar ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Partiya korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, иқтисо­диёти hamda xalq farovonligiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlagan holda, кор­рuпцияга qarshi kurashish sohasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni muhim, deb biladi:

  • korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar, ayniqsa, talon-toroj holatlari uchun jazoni kuchaytiruvchi, yetkazilgan zararlarni o‘n barobar miqdorda undirishni nazarda tutuvchi normalarni qonunchilikka kiritish;
  • ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi asosida korrupsiya faktlarini “dastlabki o‘rganish” (кор­рuп­цион surishtiruv) institutini joriy etish;
  • jinoiy yo‘l bilan xorijga olib chiqib ketilgan aktivlarni qaytarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, bunda qaytarilgan aktivlarning ijtimoiy sohaga yo‘naltirilishini hamda bu jarayonlarda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash;
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi maqomini kengaytirish, korrupsiyaga qarshi yagona davlat siyosatini yurituvchi organga aylantirish va korrupsion jinoyatlarni tergov qilish vakolatini berish.

Korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini innovatsion yondashuvlar asosida yoshlarning ongiga singdirish partiyaning qat’iy pozitsiyasidir.

U davlat xizmatida tanish-bilishchilik, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olishda davlat xizmatchilarini rotatsiya qilish tizimini ривож­лантирish tarafdori.

9. Tinchliksevar, progressiv tashqi siyosat, milliy manfaatlar ustuvorligi

“Adolat” SDP mamlakatning xalqaro hamjamiyat bilan o‘zaro manfaatli va do‘stona munosabatlarni мuс­таҳ­kamлашга qaratilgan dinamik tashqi siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu borada xorijiy davlatlar bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va strategik aloqalarni rivojlantirish hamda mavjud hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha sa’y-harakatlarni izchil davom ettirish tarafdori.

Markaziy Osiyoda hamkorlikni kengaytirish va чu­қuр­лаштирish, uni barqaror, har tomonlama ривож­ланган va yaxshi qo‘shnichilik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan mintaqaga aylantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarning izchil davom ettirilishini qo‘llab-quvvatlaydi.

U mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, hech qanday harbiy bloklarga va koalitsiyalarga qo‘shilmaslik, Ўзбе­кисtoнniнг xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, gumanitar aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan hamkorlikka yo‘naltirilgan siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘zbekiston a’zo bo‘lgan BMT, YeXHT, Jahon banki, SHHT, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti kabi boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidan boradi.

“Biz xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning тегish­ли ijtimoiy va insonparvarlik dasturlari doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlik tarafdorimiz. Biz ijtimoiy sohada qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etish, savdo va investitsion faoliyat uchun qulay sharoitlar yaratish, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va xalq farovonligini oshirish maqsadida transchegaraviy, transport-kommunikatsion, infratuzilmaviy va boshqa loyihalarni amalga oshirishni taklif qilamiz”, — deyiladi dasturda.

BMTning Barqaror rivojlanish dasturi doirasidagi ijtimoiy-gumanitar loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatli xalqaro ham­кор­ликni rivojlantirish ustuvor vazifalaridan biri bo‘ladi. Ushbu masalalarni hal qilishda BMTning ixtisoslashgan institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish va ijtimoiy sohaga doir dasturlarni hamkorlikda amalga oshirishda faol ishtirok etishni qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini xalqaro maydonda ilgari surish maqsadida parlamentlararo hamkorlik va partiyaviy diplomatiya imkoniyatlaridan unumli foydalanish tarafdori. Xususan, ilg‘or xorijiy davlatlar sotsial-demokratik yo‘nalishdagi siyosiy partiya va harakatlari bilan faol hamkorlik aloqalarini o‘rnatishni muhim vazifalardan biri, deb biladi.

Partiya mamlakatning tinchliksevar tashqi siyosati huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Bu borada:

  • 2012-yilda qabul qilingan Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasini mamlakatning hozirgi ochiq, konstruktiv va amaliy tashqi siyosati hamda jahon maydonida tobora ortib borayotgan o‘rni va mavqeidan kelib chiqqan holda takomillashtirilgan yangi tahrirda qabul qilish;
  • Diplomatik xizmat sohasidagi munosabatlarni, shuningdek, diplomatlar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy himoyasini tartibga solishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasining diplomatik xizmati to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish;
  • “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonunga xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish, shuningdek, lingvistik, антикоррuп­циявий va boshqa turdagi ekspertizalar o‘tkazish tartibла­риni aniqlashtirishni ko‘zda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zгартирish­lar kiritishni taklif qiladi.

“Biz aholimizni, ayniqsa, yoshlarni mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, мил­лий manfaatlarga asoslangan ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish siyosatini qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz”, — deb ta’kidlaydi partiya.