O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatining guruh bosqichi yakuniga yetdi. Yakshanba kuni musobaqaning “Ye” va “F” guruhidagi so‘nggi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Umuman olganda, bu guruhlarda keyingi bosqichga chiqadigan jamoalar nomi 2-turdayoq ma’lum bo‘lib ulgurgandi, faqat kim qaysi o‘rin bilan pley-offga chiqishi ochiq qolgandi, xolos.
Shuningdek, 3-o‘rin bilan nimchorak finalga chiqishga umidvor jamoalar ham bu o‘yinlar natijasini kutayotgandi. “Ye” guruhidagi Panama — Tojikiston uchrashuvini ana shunday o‘yinlar sirasiga kiritish mumkin. Agar tojiklar o‘yinda g‘alaba qozonsa, keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega edi. Ammo, Panama jahon chempionatlaridagi sakkiz o‘yindan iborat mag‘lubiyatli yurishiga yakun yasab, Tojikistonni yirik hisobda mag‘lub etdi, ammo bu uning o‘zi pley-offga chiqishi uchun yetarli bo‘lmadi.
“F” guruhidagi yana bir shunday maqomli o‘yinda Venesuela Gvatemalaga qarshi maydonga chiqib, Panamani pley-offsiz qoldirish uchun kamida to‘rt gol farqi bilan g‘alaba qozonishi kerakligini bilgani holda, vazifani muvaffaqiyatli uddaladi. Bu “hisob-kitobli o‘yinlar”dan yutgan yana bir jamoa Afg‘oniston bo‘ldi — jahon chempionatida ilk bor ishtirok etayotganiga qaramay, ular ham 3-o‘rin bilan pley-offga chiqdi va endi nimchorak finalda O‘zbekistonning guruhdoshi Paragvay bilan o‘ynaydi.
“Ye” guruhi, 3-tur uchrashuvlari
22-sentabr, yakshanba
Marokash — Portugaliya 1:4
Gollar: Sufiyon el-Misrar (34) — Erik (2), Brunu Koelyu (19, 22), Ziki (39).
Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi: Brunu Koelyu (Portugaliya).
Panama — Tojikiston 8:3
Gollar: Salomov (14, avtogol), Mario Forero (14), Ruman Milord (20), Alfonso Makuyensi (31), Xose Kabalero (38, 39), Abdiyel Kastrelon (39, 39) — Nekruz Alimahmadov (5), Samandar Rizomov (27), Idris Yorov (35).
Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi: Abdiyel Kastrelon (Panama).
“F” guruhi, 3-tur uchrashuvlari
Fransiya — Eron 1:4
Gollar: Mamadu Ture (37) — Salor Og‘apur (25, 37), Muslim Uladqubod (28), Alirizo Rofeipur (30).
Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi: Muslim Uladqubod (Eron).
Venesuela — Gvatemala 7:3
Gollar: Kevin Briseno (1, 34, 36), Uilmer Kabarkas (18), Viktor Karreno (25), Xesus Viamonte (27), Karlos Sans (35) — Jenner Panyagua (16), Marin Sandoval (32), Nelson Tagre (40).
Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi: Kevin Briseno (Venesuela).
3-o‘rinlar jadvali
Nimchorak final juftliklari
24-sentabr, seshanba
17:30. Buxoro
Braziliya — Kosta-Rika
20:00. Toshkent
Niderlandiya — Ukraina
25-sentabr, chorshanba
17:30. Andijon
Ispaniya — Venesuela
20:00. Toshkent
Paragvay — Afg‘oniston
26-sentabr, payshanba
17:30. Buxoro
Eron — Marokash
20:00. Andijon
Portugaliya — Qozog‘iston
27-sentabr, juma
17:30. Buxoro
Tailand — Fransiya
20:00. Toshkent
Argentina — Xorvatiya