Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi tog‘da yo‘ldan adashib qolgan fuqarolar qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 21-sentabr kuni soat 16:15 da Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani Chimyon mahalla hududidagi Katta chimyon tog‘iga to‘rt nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashib qolganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, fuqarolar xavfsiz hududga olib tushilgan. Tan jarohati olgan yo‘q, deyiladi xabarda.