23-sentabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida “Toshshahartransxizmat” AJning sobiq raisi Anvar Jo‘rayevga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz” muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, u fevral oyida Bosh prokurori o‘rinbosarining iltimosnomasiga binoan qo‘lga olingan edi. Shundan so‘ng ish DXX tomonidan olib borilayotgani, Jo‘rayev kompaniya bosh muhandisi va ikkita avtobus saroyi rahbarlari bilan til biriktirib, ehtiyot qismlar va yoqilg‘i o‘g‘irlashda gumon qilinayotgani ma’lum qilindi.

Sudya Umidbek Musayev raisligidagi ishda jami 21 nafar shaxsga nisbatan ayblov xulosasi shakllantirilgan, ularning 8 nafari hibsda.

Sud jarayoni ochiq bo‘lishi aytilgandi, biroq sud jurnalistlarga jarayondan foto, video, shuningdek, audioyozuvlar olishni taqiqladi.

Sud raisi sudlanuvchilarning ro‘yxatini e’lon qildi. Ular:

  • Anvar Jo‘rayev (1982) — “Toshshahartransxizmat” sobiq boshqaruv raisi. Muqaddam sudlanmagan.
  • Abdujamil Azizov (1972) — “Toshshahartransxizmat” sobiq boshqaruv raisi o‘rinbosari. Muqaddam sudlangan, JKning 135-moddasi.
  • Najmiddin Davlatov (1963) — “Toshshahartransxizmat” sobiq boshqaruv raisi o‘rinbosari. Muqaddam sudlanmagan.
  • Dilshod Ashirmatov (1982) — 1-avtobus saroyi rahbari. Muqaddam sudlanmagan.
  • Shoaziz Ashirov (1993) — 1-avtobus saroyi rahbari o‘rinbosari. Muqaddam sudlanmagan.
  • Ismoil Baratov (1988) — 8-avtobus saroyi rahbari o‘rinbosari. Muqaddam sudlanmagan.
  • Husan Mahkamov (1983) — “Toshavtota’mirxizmat” raisi. Muqaddam sudlanmagan.
  • Axmad Alimov (1969) — “Toshavtota’mirxizmat” raisi o‘rinbosari. Muqaddam sudlangan, 167-modda.
  • Habibullo Muzaffarov (1983) — “Toshavtota’mirxizmat” ombori xodimi. Muqaddam sudlanmagan.
  • Kozimbek Xudoyorov (1983) — 2-avtobus saroyi bo‘lim boshlig‘i. Muqaddam sudlanmagan.
  • Bekzod Ibragimov (1985) — 8-avtobus saroyining sobiq rahbari. Muqaddam sudlanmagan.
  • Shuhrat Axmedov (1972) — 8-avtobus saroyi bosh muxandisi. Muqaddam sudlangan, 167-modda.
  • Xikmat Rahimberdiyev (1978) — 8-avtobus saroyi ombor mudiri. Muqaddam sudlanmagan.
  • Baxtiyor Sharipov (1967) — 8-avtobus saroyi moddiy mexanigi. Muqaddam sudlanmagan.
  • Qobil Nosirov (1970) — 8-avtobus saroyi navbatchi mexanigi. Muqaddam sudlanmagan.
  • Ravshan Zoirov (1967) — 8-avtobus saroyi navbatchi mexanigi. Muqaddam sudlanmagan.
  • Faxriddin Zokirjonov (1962) — 1-avtobus saroyi navbatchi mexanigi. Muqaddam sudlanmagan.
  • Dostonbek Alimbekov (1998) — “Toshshahartransxizmat” AJ harakat xavfsizligi bo‘limi yetakchi mutaxassisi. Muqaddam sudlanmagan.
  • Ravshan Atamuhammedov (1974) — 1-avtobus saroyi bosh muxandisi. Muqaddam sudlanmagan.
  • Nargiza Abdurahmonova (1983) — 8-avtobus saroyi ishlab chiqarish bo‘limi muxandisi. Muqaddam sudlanmagan.
  • Islombek Ibragimov (1984) — 1-avtobus saroyi ombor mudiri. Muqaddam sudlanmagan.

Sud raisi sudlanuvchilarning aksariyati ayblov xulosasi olmagani sababli jinoyat ishini ko‘rib chiqishni 1 hafta, ya’ni 30-sentabrgacha qoldirdi.