APEX INSURANCE 2024-yil 14-sentabrdan 6-oktabrgacha O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan FIFA Futsal World Cup Uzbekistan 2024 o‘ninchi jahon chempionatining rasmiy hamkori bo‘lganini faxr bilan ma’lum qiladi. Shunisi e’tiborga loyiqki, O‘zbekiston FIFA jahon chempionatini qabul qilgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Mintaqa uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu jahon chempionati mamlakatda professional futbolni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, APEX INSURANCE ushbu yirik sport tadbirining yuqori saviyada o‘tkazilishiga o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatidan mamnun.

APEX INSURANCE, shuningdek, chempionat tashkilotchilarining uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligini ham sug‘urtaladi, ushbu sug‘urta kutilmagan vaziyatlar oqibatida ishtirokchilarning hamda muxlislarning hayotiga, sog‘lig‘iga va mol-mulkiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplab berishni nazarda tutadi. Sug‘urta musobaqaning barcha bosqichlarida, har bir mezbonlik qiluvchi shaharlarda amal qiladi, bu esa ushbu ulkan sport tadbirining har bir o‘yini ishonchli himoyada va muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazilishini ta’minlaydi.

Nafaqat futbolni, balki boks, dzyudo, triatlon va ot sporti kabi boshqa sport turlarini ham qo‘llab-quvvatlovchi APEX INSURANCE ushbu hamkorlikni O‘zbekistonda sport madaniyatini rivojlantirish, musobaqalar saviyasini yuksaltirish va mamlakat futbolini jahon arenalarida raqobatbardosh darajaga yetkazishga hissa qo‘shish uchun ajoyib imkoniyat deb biladi.

“Ijtimoiy mas’ul biznes sifatida bunday nufuzli sport tadbirini tashkil etishda ushbu sport turining xalqaro boshqaruv organi — FIFA bilan hamkor bo‘lish va bu orqali sportchilarimizning jahon maydonlaridagi g‘alabalarini qo‘llab-quvvatlash biz uchun beqiyos sharafdir. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va iqtidorli yosh futbolchilar salohiyatini kashf qilish hamda ularning faoliyatini rag‘batlantirishga bo‘lgan intilishimizni ham yaqqol namoyon etadi”, — dedi boshqaruv raisi Jahongir Yunusov.

Telefon: 1188.

Sayt: apexinsurance.uz
Facebook: fb.com/apexinsurance.uz
Instagram: @apexinsurance.uz
Telegram:t.me/apexinsurancee

Reklama huquqlari asosida.