Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Spark kanalga tushib ketdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, voqea 22-sentabr kuni soat 20:40 atrofida sodir bo‘lgan. Avtomobil harakatlanib ketayotgan vaqtda haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida “Zax” kanaliga tushib ketgan.

Chirchiq shahar FVB qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, hamkorlikdagi xizmatlar bilan maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olingan.

Mashinada haydovchining o‘zi bo‘lgan. U avtomobil suvga tushgan vaqtda o‘z harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan. Hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar yo‘q, deyiladi xabarda.