2024-yilda Chery ko‘plab nufuzli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgani uning sifat va innovatsiyalar sohasidagi ulkan yutuqlarini tasdiqlaydi. Ushbu mukofotlar Chery kompaniyasining yuqori raqobatbardoshligini ta’kidlaydi va brendning global bozordagi ta’siri va kuchini ko‘rsatadi.

Raqobatbardoshlikni oshirish uchun mahsulot sifatini yaxshilash

Chery kompaniyasining muvaffaqiyati uning mukammallikka bo‘lgan qat’iy intilishining isbotidir. So‘nggi yillarda Chery texnologiya va sifatga bo‘lgan ishtiyoqidan ilhomlanib, har bir detalida yuqori standartlarga qat’iy amal qildi. Ushbu sodiqlik Chery’ga jahon bozorlarida muvaffaqiyatga erishish imkonini berdi.

Braziliyada mashhur bo‘lgan Auto Esporte avtomobil jurnali Chery Tiggo 7`ni 2024 Best Value Mid-Size SUV (2024-yilning eng yaxshi o‘rta o‘lchamli SUV’i) nominatsiyasida taqdirladi. Mazkur mukofot Tiggo 7`ning ajoyib tavsiflari va dizaynini tasdiqlashi tufayli Chery brendining mavqeini yanada mustahkamlaydi. Bundan tashqari, Tiggo 7 Sport va Tiggo 5 Sport modellari Webmotors`da iste’molchilarning ovoz berishiga ko‘ra 2024-yilda Braziliyada eng ko‘p qiziqish bildirilgan yangi avtomobillar ro‘yxatida mos ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinni egalladi. Mazkur hayratlanarli yutuqlar Chery`ning bozorni chuqur tushunishi va o‘z mahsulotlarini takomillashtirishga doimiy intilishini ta’kidlaydi.

Chery Misr bozorida ajoyib muvaffaqiyatlarga erishdi. Tiggo 8 modeli Best Chinese Performance and Luxury Car Award (Xitoyning eng yaxshi lyuks avtomobili) mukofotiga sazovor bo‘ldi, bu yutuq kompaniyaning avtomobil ishlab chiqarishda yuqori sifatga intilishini tasdiqlaydi. Shuningdek, Tiggo 7 o‘zining ajoyib dizayni va tavsiflari tufayli Best-Selling SUV in the C-Segment Award (S-segmentdagi eng yaxshi sotiladigan SUV) mukofotiga sazovor bo‘lishi Chery`ning SUV segmentidagi kuchli raqobatbardoshligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, Chery Best-Selling Car Brand in Egypt in 2023 (2023-yilda Misrda eng ko‘p sotiladigan avtomobil brendi) deb topildi, bu uning mahsulotlari bozorda muvaffaqiyatli tarqalishi, innovatsion yondashuvi, mukammallikka intilishi va o‘z avtomobillarining sifatini doimiy ravishda yaxshilashini namoyish etadi.

Indoneziyada Chery Tiggo 8 Pro modeli Surabaydagi 2024 Indonesia International Motor Show’da (IIMS) Best Medium SUV (Eng yaxshi o‘rta o‘lchamli SUV) deb topilishi uni ushbu segmentda yetakchiligini ta’kidlamoqda. Chery mahsulotlarining o‘ziga xos kuchi kompaniyaning ta’sirini kengaytirib, jahon avtomobil maydonida o‘z ishtirokini mustahkamlashni davom ettirmoqda.

Brendning o‘sishi: Chery ta’siri kengayishda davom etmoqda

Chery`ning kuchli raqobat sharoitida bozorda ajralib turish qobiliyati uning ajoyib mahsulotlari va kuchli brendi bilan bog‘liq. Chery butun dunyo bo‘ylab olgan ko‘plab mukofotlar uning bozorni chuqur tushunishi va sifatga sodiqligidan dalolat beradi. Bozor va sifatga ikki karra e’tibor Cherry brendining imidjini shakllantirdi va uning doimiy o‘sishi va butun dunyo bo‘ylab tan olinishiga yordam berdi.

2024 Malaysia Auto Show taqdimotida Chery o‘zining noyob ta’siri va innovatsion interaktiv stend dizayni bilan ko‘plab ishtirokchi brendlar orasida ajralib turdi. U Best Sellable Brand (Eng yaxshi sotiladigan brend) va Most Interactive Booth Experience (Eng interaktiv stend) mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Mazkur yutuqlar Chery mahsulotlarining sifati va uning bozor strategiyasining qudratini ko‘rsatadi, shuningdek, uning iste’molchilar bilan aloqalarini chuqurlashtiradi.

реклама

Chery Janubiy Afrikadagi dilerlarning yillik qoniqtirilish indeksi — NADA Dealer Satisfaction Index (DSI) bo‘yicha ketma-ket uch marta oltin mukofotni qo‘lga kiritdi. Ushbu doimiy e’tirof Chery`ning mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi professional imkoniyatlarini va ularning ehtiyojlarini chuqur tushunishini namoyish etadi. Mahsulotlarni mukammallashtirishga intilishdan tashqari, Chery mijozlarga kutganidan yaxshiroq tajriba taqdim etish uchun doimiy ravishda xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsiyalarni joriy etadi.

реклама

Chery Saudiya Arabistonida o‘z brendining jozibadorligini namoyish etdi. Chery`ning 250 dona avtomobili o‘z egalari bilan birgalikda yaqinda ishlab chiqarilgan Tiggo 7 Pro Max ishtirokida Jeddah Corniche Circuit trassasida brend egalarining eng yirik paradini o‘tkazdi va Ginnesning jahon rekordini muvaffaqiyatli o‘rnatdi. Ushbu yutuq nafaqat Chery brendining jozibadorligini namoyish etdi, balki uning jahon bozoriga ta’sirini ham ta’kidladi.

Chery bozorning o‘sib borayotgan va o‘zgaruvchan ehtiyojlarini faqat uzluksiz texnologik innovatsiyalar va mahsulotlarni yangilash orqali qondirish mumkinligini tushunadi. Ko‘plab mukofotlarga ega bo‘lgan Chery hali ham butun dunyo bo‘ylab iste’molchilarga yanada hayratlanarli va qimmatbaho sovg‘alar, ajoyib mahsulotlar va xizmatlarni taqdim etishga intiladi.

O‘zbekistonda Chery avtomobil brendining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Chery avtomobillarining tavsiflari, mavjud komplektatsiyalar va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

Telefon: (+998) 71−276−55−55.

Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
Telegram bot: t.me/cheryuzbekistanbot
YouTube: @cheryuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.