Siyosat
Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri etib tasdiqlandi
Toshkentning Shayxontohur tumaniga hokimlik qilgan Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Aholi salomatligi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi taqdim etildi
Toshkentda 2024−2028-yillarda aholi salomatligi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Uning maqsadi mamlakat sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarga yanada samarali javob berishga tayyorligini oshirishdan iborat.
Behzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari etib tayinlandi
Sobiq kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga rahbar etib tayinlandi. Agentlikning o‘zi Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi.
Mahallabay agentligi faoliyati tugatildi
Salkam 3 yil faoliyat yuritgan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatildi. Uning barcha vazifalari hamda hokim yordamchilari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tkaziladi.
Prezident qurilishda korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishni buyurdi
Yil boshidan buyon qurilishi ro‘yxatdan o‘tkazilmay boshlangan obyektlar soni 2200 taga yetdi, shu bois pala-partish qurilish ko‘paydi, dedi prezident. Qurilish inspeksiyasining boshqarmalarida quruvchi-operatorlar shtabi paydo bo‘ladi, qurilayotgan obyektlar oldida QR kodli pasporti chiqarib qo‘yiladi.
Jamiyat
“Mashinam murda tashuvchi emas”. Haydovchi 19 yoshli qizni urib yuborib, uni shifoxonaga yetkazishdan bosh tortdi
Toshkentda piyodalar o‘tish joyida Gentra katta tezlikda 19 yoshli qizni urib ketdi. Marhumaning otasi va guvohlarga ko‘ra, haydovchi uning mashinasi “murda tashuvchi emasligini” aytib, qizni shifoxonaga eltishdan bosh tortgan. Qizning yaqinlaridan biri bunday YTHlarda avtomobillarni musodara qilishni taklif etdi.
Buxoroda hokim yordamchisining mashinasi urib yuborgan o‘quvchi vafot etdi. Mansabdor tezlikni oshirgan bo‘lishi mumkin
Romitan tumanida hokim yordamchisi sodir etgan YTHda 3-sinf o‘quvchisi vafot etdi. Haydovchining katta tezlikda harakatlangani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonlik quruvchilar Xorvatiyaga ishga taklif qilinmoqda
Xorvatiya qurilish sohasida ishlovchi o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilinmoqda. Oylik maosh 1000 yevrodan boshlanadi. Nomzodlar 18−50 yosh oralig‘ida va kamida 1 yillik ish tajribasiga bo‘lishi lozim.
“Ertangi kunga umid bor-u, ishonch yo‘q”. Boysunliklar — gaz konidagi ikkinchi avariyadan keyingi vaziyat haqida
Boysundagi M-25 gaz konida 17-sentabrda takroriy avariya oqibatlari 1-sentabrdagi birinchi falokatdan og‘irroq bo‘ldi — qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Omon qolgan aholiga ham oson bo‘lmayapti. “Gazeta.uz” vaziyat yuzasidan ishonchli axborot, yordam va kompensatsiya kutayotgan boysunliklar bilan suhbatlashdi.
Haftaning ikkinchi yarmidan havo salqinlashadi
Haftaning birinchi yarmida O‘zbekistonning katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Ikkinchi yarmida esa Kaspiy dengiz hududlaridan biroz salqin va nisbatan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkent viloyatida Spark kanalga tushib ketdi
Chirchiq shahrida Spark haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida kanalga tushib ketdi. Mashina FVB xodimlari tomonidan chiqarib olindi. Voqea oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Toshkentdagi KHAYning Turin politexnika universitetiga yaqin qismi bir kunga yopildi
Kichik halqa avtomobil yo‘lining Olmazor tumanidagi bir qismi 23-sentabr kuni 07:00 dan 24-sentabr kuni 07:00 gacha avtomobillar harakati uchun yopildi.
Toshkent viloyatidagi maktabda o‘quvchilar suvdan zaharlangani aytilmoqda
Olmaliq shahridagi ixtisoslashgan maktabda 12 nafar o‘quvchi filtrlanmagan suv iste’moli oqibatida zaharlangani aytilmoqda. Ularning 7 nafariga uyida davolanishga javob berilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
“Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”. Sirdaryoda tadbirkorlar quyosh paneli o‘rnatmagani uchun elektrdan uzildi
Sirdaryoda elektrdan uzilgan tadbirkorlar hokimiyat binosi oldiga yig‘ildi va HETK tomonidan asossiz ravishda, quyosh paneli o‘rnatmagani uchun tarmoqdan uzib qo‘yilganini qayd etdi. Sirdaryo HETK holatga munosabat bildirib, mas’ullar prezident qarorini noto‘g‘ri talqin qilganini ma’lum qildi.
Katta miqdorda tamaki partiyasini choy sifatida O‘zbekiston orqali olib o‘tishga chek qo‘yildi
Buxoroda bojxonachilar 705,5 ming quti qora choy sifatida ko‘rsatilgan sigaretalarni O‘zbekiston orqali tranzit qilishga urinishning oldini oldi. Tamaki mahsulotlarining taxminiy qiymati 17 mlrd so‘mni (1,3 mln dollar) tashkil etadi.
“Toshshahartransxizmat"ning sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev ustidan sud jarayoni boshlandi
Toshkentda fevral oyida hibsga olingan “Toshshahartransxizmat” sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev ustidan sud jarayoni boshlandi. Unda 21 kishi (jumladan, ikki avtobus saroyi va “Toshavtota'mirxizmat” rahbarlari) sudlanmoqda. Ularning aksariyati hali ayblov xulosasi olmagani sabab sud ishi bir haftaga kechiktirildi.
Yo‘l harakati qoidalarini qayta-qayta buzgan haydovchilar bilan “mahalla yettiligi” ishlamoqda — YHXX boshlig‘i
YHXX “mahalla yettiligi” bilan birgalikda yo‘l harakati qoidalarini besh va undan ortiq marta qo‘pol ravishda buzgan haydovchilar bilan manzilli ishlamoqda. Bu haqda Senatda YHXX rahbari Sherzod Ibragimov gapirdi.
Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olingani sabab tabiatga 183 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
Toshkent viloyati Chirchiq daryosida noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olinayotgani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 183 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
“O‘zsuvta'minot” Toshkent viloyatida o‘quvchilar suvdan zaharlanganini rad etdi
“O‘zsuvta'minot” AJ Olmaliq shahridagi ixtisoslashgan maktabda 12 nafar o‘quvchining zaharlanishiga suv iste’moli sabab bo‘lganini rad etdi. Suvdan olingan namunalarda uning belgilangan talablarga javob berishi aniqlangan. Qo‘shimcha tekshiruv olib borilmoqda.
Uy-joy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi — prezident
Prezident uy-joy sotib olishning yangi mexanizmi — eskrou hisobi joriy etilishini ma’lum qildi. Banklar uy-joyni o‘z vaqtida va sifatli qurish hamda uni egasiga yetkazib berishni kafolatlab, quruvchi va xaridor o‘rtasida kafil bo‘lib xizmat qiladi. Yangi tizim bir yil ichida sinovdan o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda 16 qavatdan yuqori binolar qurish bo‘yicha Konstruktorlik byurosi tashkil qilinadi
O‘zbekistonda 2025-yilgacha 16 qavatdan yuqori binolar qurish bo‘yicha Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshida alohida Konstruktorlik byurosi tashkil qilinadi. Prezident qurilishdagi o‘zgarishlardan orqada qolmaslik uchun Shaharsozlik normalari va qoidalarini muntazam yangilab borish kerakligi ta’kidlandi.
Prezident hokimlarga yil yakunigacha kamida 10 tadan hududi master rejasini ishlab chiqishni topshirdi
Shavkat Mirziyoyev aksariyat viloyatlarda tuman va shaharlarning master rejalarini tayyorlash ishlari ortda qolayotganini tanqid qildi va viloyat hokimlariga yil oxirigacha kamida 10 tadan hududi master rejasini ishlab chiqishni buyurdi.
Sport
Shaxmat Olimpiadasi: O‘zbekiston bronza, Shamsiddin Vohidov oltin medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasida 189 ta davlat orasida uchinchi o‘rinni egalladi. Shaxmatchi Shamsiddin Vohidov oltin, Nodirbek Abdusattorov kumush medal bilan taqdirlandi. Ayollar jamoasi 12-o‘rinni egalladi, Nodira Nodirjonova esa o‘z doskasida ikkinchi eng yaxshi natijani qayd etdi.
Jahon
Ukrainaning “g‘alaba rejasi” to‘rtta banddan iborat — Times
Ukrainaning Rossiya bilan urushdagi “g‘alaba rejasi” 4 banddan iborat bo‘lib, NATO mudofaa paktiga o‘xshash xavfsizlik kafolatlari, harbiy va moliyaviy yordam so‘rovlarini o‘z ichiga oladi.
Tramp noyabr saylovlarida yutqazsa, keyingilarida qatnashmasligini aytdi
AQShda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp noyabr oyidagi saylovlarda yutqazsa, 2028-yilgisida qatnashmasligini aytdi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!