Toshkent shahri Olmazor tumanida Kichik halqa avtomobil yo‘lining Sag‘bon ko‘chasi bilan kesishmasidan Talabalar ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 23-sentabr kuni 07:00 dan 24-sentabr kuni 07:00 gacha avtomobillar harakati uchun yopildi. Bu haqda tuman hokimligi xabar qildi.

Tuman hokimligining qayd etishicha, yo‘l ta’mirlash ishlari sababli yopilgan.

Avvalroq, Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli va Nukus ko‘chalari bilan kesishmalari oralig‘i 18-sentabrdan 5-oktabrga qadar yopilgandi.