Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga faoliyati tugatildi. Bu haqda 23-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, majlisda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyati mutlaqo boshqacha bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, hozirgi vazir Behzod Musayev ishdan olinib, uning o‘rnini Botir Zohidov egalladi.

Mahallabay agentligi tugatilib, uning barcha vazifalari hamda hokim yordamchilari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tadi.

2021-yilning dekabr oyi boshida Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi negizida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda tuman (shahar)larda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari tashkil etilgandi.

O‘sha paytda Farg‘ona shahri hokimi Mirzoxid Ubaydullayev iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangandi.