Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

24−25-sentabr kunlari Qoraqalpog‘istonda va 25-sentabrda Xorazm viloyatida ba’zi joylarda asosan jadalligi biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi.

Haftaning ikkinchi yarmida respublika hududiga Kaspiy dengiz hududlaridan biroz salqin va nisbatan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. 26−27-sentabr kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 26-sentabrda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 24−25-sentabrda shimolda va cho‘l hududlarda, 26-sentabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 26-sentabrda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Harorat asosan kechalari +14…+17, kunduz kunlari 23−25-sentabrda +28…+31, 26−27-sentabrda +24…+27 daraja bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 25−26-sentabrda 10−12 m/s gacha kuchayishi mumkin.