20-sentabr kuni Buxoro viloyati Romitan tumanida hokim yordamchisi sodir etgan YTHda maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi, deb yozmoqda Kun.uz.

Tumanning Iftixor mahallasida hokim yordamchisi bo‘lib ishlovchi Elyor Toshpo‘latov Nexia-2 avtomobilida shu mahalladagi 7-maktabning 3-sinfida o‘qigan bolani urib yuborgan. U voqea joyida vafot etgan.

Mahalliy Telegram kanallarda “haydovchi qoidalarni buzgan holda katta tezlikda harakatlangani” aytiladi, deyiladi xabarda.

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbari Shuxrat Jalolovning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hokim yordamchisining xatti-harakatlari kadrlar bo‘limi tomonidan o‘rganilayotgani qayd etildi.