Jizzax viloyatida haydovchi Damas avtomobilida 14 nafar yo‘lovchi tashib ketayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat YHXB xabar qildi.

Yo‘l-patrul xizmati xodimi avtomobilni to‘xtatgan vaqti haydovchi 11 nafar yo‘lovchini olib ketayotganini aytgan. Sanoqdan so‘ng avtomobildan 14 nafar ayol tushib kelgan.

YPX xodimi haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilishini ma’lum qildi.

Avvalroq Andijon tumanida Damas haydovchisi 32 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgani aniqlangandi.