Siyosat
O‘zbekiston 2027−2029-yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qilishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston Qo‘shilmaslik harakatining 20-sammitiga mezbonlik qilishi va harakatga 2027−2029-yillarda raislik qilishi mumkin.
O‘zbekiston Seyshel orollari va Kabo-Verde bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
O‘zbekiston Seyshel orollari va Kabo-Verde mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzoladi.
Iqtisodiyot
Kambag‘al oilalarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha foizsiz va garovsiz qarz beriladi
O‘zbekistonda kambag‘al oilalarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan 5 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi. Mablag‘ kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun beriladi.
O‘zbekistonda eng og‘ir ahvoldagi 1000 ta mahalla tanlab olinib, infratuzilmasi yaxshilanadi
O‘zbekistondagi eng og‘ir ahvoldagi 1000 ta mahalla tanlanib, ro‘yxati shakllantiriladi hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash dasturi 1-noyabrgacha tasdiqlanadi. Shuningdek, tuman va shaharlarda kamida bittadan mahallada “yashil mahalla” loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismi pulli bo‘lishi mumkin
Turkiyaning Onur Group kompaniyasi DXSH asosida Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning qariyb 70 km qismini rekonstruksiya qilib, pulli yo‘lga aylantirishni reja qilmoqda. Moliya vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “loyihani amalga oshirish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash” bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyoz asosida qabul qilinadi
2025-yil 1-yanvardan kambag‘al oilalar farzandlarini davlat bog‘chalariga imtiyoz asosida qabul qilish boshlanadi. Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yilidan ularning davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat budjetidan qoplab beriladi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi alohida kvotalar ajratadi.
O‘zbekistonda Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi
O‘zbekistonda 1-dekabrdan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi. Bu “mahalla yettiligi” tomonidan kambag‘al oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambag‘allikka tushish sabablarini o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda hududlardagi rahbarlar va ularning o‘rinbosarlariga og‘ir ahvoldagi kambag‘al oilalar biriktiriladi
O‘zbekistonda 2024−2025-yillarda tajriba tariqasida, og‘ir ahvoldagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida joylardagi tashkilotlarining 14 mingta rahbari va ularning har bir o‘rinbosariga har 6 oyda 5 tadan eng og‘ir ahvoldagi kambag‘al oilalar biriktiriladi.
Jamiyat
“Qizlarga ham avtomashina berilmaganidan xafaman” — shaxmat Olimpiadasi sovrindori Nodira Nodirjonova
Budapeshtda bo‘lgan shaxmat Olimpiadasi ishtirokchilari 24-sentabr kuni Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi. Marosimda umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallagan erkaklar jamoasi a’zolariga avtomobillar sovg‘a qilindi. Olimpiadada kumush medal olgan Nodira Nodirjonova bunga o‘z munosabatini bildirdi.
Samarqandda Tracker “peshexod"dan o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib ketdi
Samarqand shahrida Tracker-2 haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi.
Toshkentda Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Tahoe’da 110 tezlikda harakatlandi
Toshkent shahrida Parij Olimpiadasi chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev prezident sovg‘a qilgan Tahoe avtomobilida 110 km/soat tezlikda harakatlandi. U buni Instagram sahifasiga joylashtirdi. Shaharda tezlik cheklovi 60 km/soatni tashkil etadi.
Mashinasida yuqori tezlikda harakatlangan Olimpiada chempioni jarimaga tortildi
Toshkent shahrida mashinasida soatiga 110 km/soat tezlikda harakatlangan Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 3 mln 60 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov aynan qanday jinoyatlarda ayblanmoqda? Ayblov xulosasi
Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning sud ishida qo‘yilgan ayblovlarning ayrimlari uning “O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi bo‘lgan davriga bog‘liq. Ayblov xulosasida u talon-toroj qilgan kredit va budjet mablag‘lari hamda davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar 200 mlrd so‘mdan ko‘pligi aytiladi.
O‘zbekistonda aliment to‘lovlari 15 foizgacha oshadi
O‘zbekistonda 1-oktabrdan boshlab qarzdor pedagog xodimlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga, ishsiz aliment to‘lovchilarga esa 10 foizga oshadi.
Toshkentda avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, 3 kishi jabrlandi
Olmazor tumanida Cobalt, Tracker va “garmoshka"li avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YTH oqibatida 3 kishi jarohat oldi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, hodisa Cobalt haydovchisi aybi bilan kelib chiqqan.
Jizzaxda 14 nafar ayolni tashiyotgan Damas to‘xtatildi
Jizzax viloyatida Damas 14 nafar yo‘lovchi tashib ketayotgani aniqlandi. Haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilishini ma’lum qilindi.
Qoraqalpog‘istonda musiqa kolonkasiga yashirilgan 18 kg giyohvand modda musodara qilindi
Qoraqalpog‘istonda bojxonachilar musiqa kolonkalari orqali olib o‘tilmoqchi bo‘lingan 18 kilogrammdan ortiq mefedronni aniqladi.
DXX 4 ta viloyatda yerni noqonuniy sotishga uringanlarni qo‘lga oldi
DXX o‘tkazgan reydda 4 ta viloyat: Namangan, Xorazm, Navoiy va Surxondaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlari aniqlandi. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, tergov ketmoqda.
Xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekiston terma jamoasiga qaytarilishi mumkin
Shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev 2021-yildan beri AQSh terma jamoasida dona surib kelayotgan Gulruhbegim Tohirjonovani O‘zbekiston terma jamoasiga qaytarish niyati borligini aytdi. “Gulruhbegim baribir O‘zbekistonga kerak, u yaxshi va salohiyatli shaxmatchi”, — dedi Sa’dullayev.
Samarqandda 3 kishini noqonuniy tarzda Isroilga ishga yuborishni va’da qilgan 2 shaxs qo‘lga olindi
Samarqandda muqaddam sudlangan 2 shaxs 3 nafar fuqaroni 52,7 ming dollarga Isroilga ishga yuborishni va’da qilgani aniqlandi. Prokuratura departamenti ularga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Jahon
Hoqon Shukur va uning AQShga surgun qilinishi: “Voldemortning yaxshi versiyasiga o‘xshayman — nomim aytilmasligi kerak”
The New York Times’ning sport ilovasi — The Atletic’da jahon chempionatlari tarixidagi eng tezkor gol muallifi, eng mashhur turk futbolchilaridan biri Hoqon Shukurning nomi qanday qilib “Turkiya tarixidan o‘chirilgani” haqida maqola e’lon qilindi. “Gazeta.uz” maqolani o‘zbek tiliga o‘girdi.
BMT Bosh assambleyasi Kelajak uchun paktni qabul qildi
BMT Bosh assambleyasi davlatlar kelgusi avlodlar va sayyora uchun yaxshiroq kelajakni ta’minlash bo‘yicha bir qator harakatlarni o‘z zimmalariga oladigan Kelajak uchun paktni ma’qulladi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!