Qoraqalpog‘istondagi “Dovud-ota” chegara-bojxona postida og‘irligi 18 kilogrammdan ortiq bo‘lgan mefedronni O‘zbekistonga olib kirishga urinishning oldi olindi, deya xabar qilmoqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston hududiga kirib kelgan Lada Largus avtomashinasi ko‘zdan kechirish chog‘ida avtomobilning yuk bo‘limidagi ikkita ovoz kuchaytirgich (kolonka) bojxonachilar e’tiborini tortgan. Qurilmalarning ichiga yot jismlar joylangan bo‘lgan

Xolislar ishtirokida kolonkalar ochilganida, ularning ichidan 36 dona poliyetilen o‘ram topilgan. Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra, o‘ramlarda og‘irligi 18,089 kg bo‘lgan sintetik mefedron preparati bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.