Joriy yilning 19-sentabr kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Global Exchange Support Center (GESC) markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda TKXUning ta’sischisi, professor Alisher Vaxobov, Toshkentdagi Koreya ta’lim markazining sobiq direktori Pyang Joo Man, markazning yangi direktori Li Yong Vung va O‘zbekiston Koreya assotsiatsiyasi rahbari Kang Chang Seok ishtirok etdi.
Yangi tashkil etilgan Global Exchange Support Center’ning asosiy vazifalaridan biri universitet talabalari uchun Koreyada tahsil olish imkoniyatlarini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashdir. GESC yaqin kelajakda TKXU talabalari uchun Koreyada o‘qish va almashinuv dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlarini oshiradi.
Tadbirning muhim qismida Toshkentdagi Koreya ta’lim markazining sobiq direktori Pyang Joo Manga faxriy doktorlik unvoni topshirildi. Janob Pyang Joo Man Toshkent Kimyo xalqaro universitetida koreys tilini rivojlantirish va o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish hamda talabalarning Koreyada ta’lim olish jarayonini faollashtirishga katta hissa qo‘shgan. Uning Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga katta e’tibor qaratgani e’tirof etildi.
GESC’ning ochilishi TKXUda ta’lim sifati va xalqaro hamkorlikni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga qaratilgan muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda. Bu markazning faoliyati nafaqat talabalarning xalqaro bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, balki ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va ta’limiy aloqalarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Sayt: kiut.uz
Facebook: fb.com/kiut.uz
Instagram: @kiut.uz_rasmiy
Reklama huquqlari asosida.