O‘zbekiston Seyshel orollari va Kabo-Verde mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

TIV rahbari Baxtiyor Saidov shimoli-g‘arbiy Afrikadagi Kabo-Verde mamlakati tashqi ishlar, hamkorlik va mintaqaviy integratsiya vaziri doktor Ruy Alberto de Figeyredo Soaresh bilan ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunikeni imzoladi.

cейшел orollari, diplomatik алоқа, кабо-верde, тив

Baxtiyor Saidovning so‘zlariga ko‘ra, yangi hamkorlik mamlakatlar xalqlari uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Vazir sharqiy Afrikada joylashgan Seyshel orollari tashqi ishlar va turizm vaziri Silvestr Radegond bilan ham uchrashuv o‘tkazdi va unda qo‘shma kommyunike imzolandi.

cейшел orollari, diplomatik алоқа, кабо-верde, тив

“Istiqbolli hamkorlikning muhim yo‘nalishlari, ayniqsa, xalq diplomatiyasi va sayyohlik almashinuvini rivojlantirishda ko‘plab imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladik”, — dedi Baxtiyor Saidov.

Shunday qilib, bu ikki mamlakatdan so‘ng O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlatlar soni 151 taga yetdi. Avvalroq Jibuti, Gambiya, Beliz va Lixtenshteyn davlatlari bilan qo‘shma kommyunikelar imzolangandi.