Kompaniyalar birgalikda Uzum Media platformasida bank kartalaridan foydalanish asoslari va kiberxavfsizlikka bag‘ishlangan ikkita bepul onlayn kursni ishga tushirdi.

Kurslar sakkizta moduldan iborat bo‘lib, ularning har birida Mastersard ekspertlari moliyaviy savodxonlikning asosiy qoidalarini oddiy misollar yordamida tushuntiradi.

“Raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq jinoyatlar soni ortib bormoqda va bu borada Uzum va Mastercard qo‘shma loyihasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Maqsadimiz — odamlarga ularning moliyaviy himoyasini ta’minlash uchun ishonchli vositalarni taqdim etish. Bepul onlayn kurslar foydalanuvchilarga bank kartalaridan foydalanishning nozik jihatlarini tushunishga yordam beradi va firibgarlik sxemalarini aniqlashga o‘rgatadi. Ushbu kurslar moliyaviy savodxonlikni oshirish va raqamli to‘lovlarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ladi, deb hisoblaymiz”, — dedi Mastercard kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori Denis Filippov.

“Fintex servislarining ommalashuvi bilan foydalanuvchilarga xavfsizlikning asosiy qoidalarini o‘rgatish ehtiyoji ham ortib bormoqda. Shuning uchun biz foydalanish uchun oson va qulay bo‘lgan fintex mahsulotlarini yaratmoqdamiz va hamkorlar bilan birgalikda yangi hamda tajribali foydalanuvchilarga xavfsizlik qoidalarini tezda o‘zlashtirishga va mahsulotlarimizdan maksimal darajada foyda olishga yordam beradigan raqamli qo‘llanmalarni ishlab chiqmoqdamiz”, — dedi Uzum Media rahbari Valeriya Bulicheva.

KPMG va Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining qariyb yarmi hanuzgacha bank xizmatlaridan foydalanmayapti, naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushi esa 33 foizni tashkil etmoqda. Fintex xizmatlari ommalashuvining drayverlaridan biri onlayn savdoning rivojlanishi bo‘ldi: masalan, Uzum Market`dagi buyurtmalarning qariyb 55 foizi Uzum Nasiya tomonidan muddatli to‘lovga olinadi. Shu bilan birga, Mastercard ekspertlarining ta’kidlashicha, O‘zbekistondagi fintex bozori tadqiqotida elektron tijorat barqaror o‘sish tendensiyasini ko‘rsatmoqda.

Reklama huquqlari asosida.