Korrupsiya jamiyat rivojiga qarshi harakat sifatida har qanday davlatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi.
Tahlillarga ko‘ra, korrupsiyaning global jamiyat uchun zarari yiliga 2,6 trillion AQSh dollarini tashkil etadi.
Davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatiga alohida korrupsionerga qarshi emas, balki korrupsion holatlarning kelib chiqishiga imkon yaratadigan omillarning oldini olish borasida qanday amaliy choralar ko‘rayotganiga qarab baho beriladi.
O‘zbekistonda o‘tgan davrda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muayyan natijalarga erishilgan bo‘lsa-da, istiqbolda qator vazifalarni amalga oshirish lozim.
“Adolat” SDP saylovoldi dasturidagi korrupsiya holatlari bo‘yicha “dastlabki o‘rganish” — korrupsion surishtiruv institutini joriy etish tashabbusi dolzarb ahamiyatga ega.
Bu institutni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad korrupsiya bilan bog‘liq holatlarni ilk bosqichlarda aniqlash, faktlarni to‘plash va tahlil qilishdan iborat.
Partiya tashabbusi korrupsiya bilan bog‘liq holatlarni tez va samarali aniqlash, dalillarni to‘plash va korrupsion jinoyatlarni sodir etishga mo‘ljallangan rejalarni fosh etishga xizmat qiladi.
Reklama huquqlari asosida.