Siyosat
Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi etib tayinlandi
Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. U bungacha O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mirzo Ulug‘bek tumaniga yangi hokim tayinlandi
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga Boxodir Gaibnazarov hokim etib tayinlandi. U bungacha shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.
Bobir Abubakirov Shayxontohur tumani hokimi bo‘ldi
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Bobir Abubakirov Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi bandlik vaziri bo‘lgandi.
Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining Samarqanddagi yig‘ilishida ishtirok etadi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining Samarqanddagi yillik yig‘ilishida ishtirok etadi. U yig‘ilishning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi hamda tadbir doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.
O‘rtacha global harorat 2030-yildayoq 1,5 darajaga ortishi mumkinligi bizni jiddiy xavotirga solyapti — prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘rtacha global harorat 2040-yilgacha 1,5 darajaga ortishi prognoz qilinganiga qaramay, hozirgi vaziyatda bu holat 2030-yildayoq yuz berishi mumkinligi mamlakatni jiddiy xavotirga solayotganini ta’kidladi.
Prezident Samarqandda Xitoy, Hindiston va Qatar moliya vazirlari bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi OIIB yig‘ilishi doirasida Xitoy, Hindiston va Qatar moliya vazirlari bilan uchrashdi. Ularda strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari va qo‘shma biznes forumlari o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
“Tabiat uchun birlashaylik”. Ekologik partiyaning saylovoldi dasturi
Ekologik partiyaning saylovoldi dasturidan avtomobil yo‘li qatnov qismida skuter va velosipedlar uchun alohida yo‘lak tashkil etish, tamaki mahsulotlariga qo‘shimcha soliq solish, Qizil kitobdagi o‘simliklardan foydalanish va yovvoyi hayvonlarni ovlashga muddatsiz moratoriy e’lon qilish va boshqalar o‘rin olgan.
Iqtisodiyot
3,1 mlrd so‘mlik 11 ta davlat xaridi qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilgani aniqlandi
Antikorrupsiya agentligi avgust-sentabr oylarida 3,1 mlrd so‘mlik 11 ta davlat xaridida qonun buzilishi holatlarini aniqladi. Xususan, 1,5 milliard so‘mlik tenderda affillangan shaxslar ishtirok etgan. Ushbu xaridlar natijalari bekor qilindi.
“Pulli yo‘l qurishimiz uchun unga muqobil bepul yo‘lni ta’minlab berishimiz shart” — Jamshid Tursunov
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismi pulli yo‘lga aylantirilishi haqida gapirib, bu yo‘lning boshqa muqobillari borligini ta’kidladi. “Bugungi kunda Toshkent — Bo‘stonliq yo‘lda muqobillik asosida boriladigan bir emas, ikkita yo‘l bor”, — deydi u.
O‘zbekiston OIIB bilan keyingi 3 yilda yana 4 mlrd dollarlik loyihalar dasturini amalga oshirishga kelishdi
Shavkat Mirziyoyev kelgusi uch yilda O‘zbekistonda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan yana 4 mlrd dollarlik loyihalar dasturini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.
Toshkent-Samarqand va Samarqand-Navoiy-Buxoro yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l quriladi
O‘zbekistonda 2030-yilgacha Toshkent-Samarqand va Samarqand-Navoiy-Buxoro yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l qurish loyihalari amalga oshiriladi. Respublikaning 6 ta xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish davlat-xususiy sheriklikka beriladi.
O‘zbekiston va OIIB o‘rtasida 2030-yilgacha strategik sheriklik dasturi ishlab chiqiladi
Shavkat Mirziyoyev OIIB bilan infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan strategik sheriklik dasturini qabul qilishni qo‘llab-quvvatladi. Bank prezidenti Szin Litsyun mamlakat rahbari bilan uchrashuvda O‘zbekistondagi islohotlarni bundan buyon ham qat’iy qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
O‘zbekiston yaqin 5 yilda suvdan foydalanish samaradorligini 25 foizga oshirishni rejalashtirmoqda — prezident
O‘zbekiston yaqin besh yilda suvdan foydalanish samaradorligini 25 foizga oshirish hisobiga 15 mlrd kub metr suvni tejash bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirishni boshladi, dedi prezident. U OIIB bilan hamkorlikda suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hududiy markaz tashkil etishni taklif qildi.
Jamiyat
Farg‘onada poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan o‘quvchilarni tok urdi
Uchko‘prik tumanida poyezd vagonlari ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan uch o‘quvchidan ikki nafarini 27 ming voltli tok urdi. Ulardan birining tanasi 65 foiz kuygani, yana birining o‘ng oyoq suyagi singani aytilmoqda.
Toshkentda Lacetti va Malibu to‘qnashuvida uch kishi jarohatlandi
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida Malibu-2 va Lacetti mashinalari to‘qnashdi. YTH oqibatida haydovchilar va yana bir nafar yo‘lovchi jarohatlandi.
Toshkentda sinov muddatidagi o‘qituvchi o‘quvchini urdi. Uning ustidan surishtiruv ketmoqda
Chilonzor tumanidagi maktabda sinov muddatida bo‘lgan rus tili fani o‘qituvchisi birinchi ish kunida 6-sinf o‘quvchisini unga gap qaytargani uchun urdi. Bolaning ota-onasi holat bo‘yicha huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi. Ayni paytda surishtiruv ishlari ketmoqda.
Isroildagi elchixona o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatning shimoliy hududlarida yuzaga kelayotgan murakkab vaziyat sababli fuqarolarga qator tavsiyalar berdi. Elchixona xavfsizlik choralarini ko‘rishga va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqirdi, rasmiy xabarlarini kuzatib borish so‘raldi.
Sirdaryoda mashinasini qasddan odamlar ustiga haydab borgan haydovchiga hukm o‘qildi
Sayxunobod tumanida mashinasini qasddan bir guruh odamlar orasida keskin boshqarib, ularni bosib ketishga harakat qilgan Captiva haydovchisi 4 yil 6 oyga qamaldi. Oldin ham sudlangan shaxs jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi.
Toshkentda ikkita Yutong avtobusi to‘qnashdi
Yangihayot tumanida 117- va 55-sonli yo‘nalish avtobuslari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, avtobuslar texnik shikastlangan.
Mangistau-Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi (video)
Mangistau-Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida fuqarolar va vagonlarga shikast yetmagan. “O‘zbekiston temir yo‘llari"ga ko‘ra, mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.
O‘zbekistonda tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi rivojlantiriladi
O‘zbekistonda Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi dasturi amalga oshiriladi. “Avitsenna” nomi ostida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi. Davlat tili va xorijiy tillarda tibbiyot hamda sog‘lomlashtirish muassasalarining yagona reyestri shakllantiriladi.
Toshkent — Moskva yo‘nalishida poyezdlar harakati tiklandi
24-sentabrdan Toshkent — Moskva — Toshkent yo‘nalishida poyezdlar harakati tiklandi. Poyezd har hafta qatnaydi, yo‘lda Qozog‘iston va Rossiyadagi bekatlarda to‘xtab o‘tadi.
Toshkent va uning atrofida 2030-yildan boshlab yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi
O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlandi. Shuningdek, 2030-yildan Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi.
Hayvonot bog‘lari qanday tashkil etilgan va ular nima uchun kerak?
Odamlar hayvonlar huquqlari uchun kurashayotgan bir davrda hayvonot bog‘larining ishlab turishi bahslarga sabab bo‘lyapti. Kimdir uni noyob turlar saqlab qolinadigan joy, deb bilsa, boshqalar shafqatsizlikda ayblaydi. “Gazeta.uz” xuddi shu masalada Moskva hayvonot bog‘i xodimlari bilan suhbatlashgan edi.
Toshkentda ikkita mashina yonib ketdi
Toshkent shahri Yunusobod tumanida Matiz bilan to‘qnashgan Nexia-3 avtomashinasi yonib ketdi, bir haydovchi jarohatlandi. Boshqa holatda Lacetti’da yong‘in chiqdi. Surishtiruv ishlari boshlandi.
Sport
Futzal JCH: Ukraina va Braziliya chorak finalga chiqdi (foto)
O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal mundialida 24-sentabr kuni nimchorak finalning ilk o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Braziliya Buxoroda Kosta-Rikani tor-mor keltirgan bo‘lsa, Ukraina Toshkentda Niderlandiyani mag‘lub etdi. 25-sentabrda pley-offning Ispaniya — Venesuela va Paragvay — Afg‘oniston uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!