Boxodir Rixsialiyevich Gaibnazarov Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimi matbuot xizmati xabar berdi.

U 2018-yildan beri mazkur lavozimda ishlab kelgan Shavkatbek Irgashevning o‘rnini egalladi.

Bungacha esa 2021-yildan shu kunga qadar Toshkent shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Boxodir Gaibnazarov 1970-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

Ma’lumoti oliy, 1997-yilda Toshkent davlat agrar universitetini iqtisodchi-tashkilotchi, 2005-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini huquqshunos mutaxassisliklari bilan tamomlagan.