Bobir Yuldashovich Abubakirov Toshkent shahri Shayxontohur tumanining hokimi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Bobir Abubakirov 1983-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2004-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini Xalqaro iqtisodiy munosabatlar, 2015-yilda Yaponiya xalqaro universitetini Xalqaro iqtisod yo‘nalishlarida tamomlagan.

U 2007-yildan buyon bank tizimida faoliyat yuritgan, xususan, Markaziy bank tuzilmasida turli lavozimlarda ishlagan. 2019-yildan shu kunga qadar MB raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 23-sentabr kuni prezident o‘tkazgan yig‘ilishda tumanning avvalgi hokimi Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri etib tasdiqlangandi.