Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan strategik sheriklik dasturini qabul qilishni qo‘llab-quvvatladi. Dasturni tayyorlashga kirishish tashabbusi mamlakat rahbarining bank prezidenti Szin Litsyun bilan uchrashuvchida ilgari surildi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati

“Uchrashuv avvalida OIIB rahbari bankning asosiy tadbirini Samarqand shahrida o‘tkazishga har tomonlama ko‘maklashgani uchun mamlakatimiz yetakchisiga chuqur minnatdorchilik bildirdi hamda Yangi O‘zbekistondagi ortga qaytmas islohotlarni bundan buyon ham qat’iy qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi”, — deyiladi xabarda.

осиё infratuzilmaviy investitsiyalar banki, цзинь лицюн

Qabulda O‘zbekistonning Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan keng qamrovli hamkorligini rivojlantirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. So‘nggi yillarda tomonlarning hamkorlik eng yuqori darajaga ko‘tarilgani qayd etildi. Loyihalar portfeli 3 mlrd dollardan oshgani O‘zbekistonni OIIBning mintaqadagi asosiy benefitsiariga aylantirdi va amaliyotlar hajmi bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘ringa ko‘tardi.

Hozirda bank bilan hamkorlikda mamlakatda transport, energetika, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, kommunal soha hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

OIIB bilan 2030-yilgacha infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha strategik sheriklik dasturida ustuvor yo‘nalishlar sifatida kambag‘allikni qisqartirish, Yangi Toshkentni barpo etish, davlat-xususiy sheriklik va xususiy sektor loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish, suv, transport va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi sohalar belgilandi.

Qabulda Markaziy Osiyo mintaqasida yirik infratuzilma loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev huzurida umumiy qiymati 4 mlrd dollardan ortiq istiqbolli loyihalardan iborat 2026-yilga qadar davrga mo‘ljallangan yangilangan “yo‘l xaritasi” imzolandi.

осиё infratuzilmaviy investitsiyalar banki, цзинь лицюн

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki yig‘ilishidagi nutqida kelgusi 3 yilda bank bilan yana 4 mlrd dollarlik loyihalar dasturini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ta’kidlagandi.