“O‘zbekiston temir yo‘llari” Toshkent — Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdlari qatnovini tikladi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati. Tashuvchi 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi sababli xalqaro reyslarni to‘xtatgandi.

24-sentabr kuni soat 19:55 da Toshkent markaziy vokzalidan 505-sonli poyezd Moskvaga jo‘nab ketdi. Poyezd Paveletskiy vokzaliga 27-sentabr kuni Moskva vaqti bilan soat 23:12 da yetib borishi kutilmoqda.

Yo‘nalish Qozog‘iston (“Sariyog‘och”, “Aris”, “Timur”, “Turkiston”, “Yangiqo‘rg‘on”, “Shiyeli”, “Qizilo‘rda”, “Josali”, “Toretam”, “Kazali”, “Aral”, “Sekseul”, “Shalkar”, “Jem”, “Kandiagach”, “Aktobe” va “Jaysan”) va Rossiyadagi (“Iletsk”, “Orenburg”, “Sorachinsk”, “Buzuluk”, “Samara”, “Ryazan-1”, “Kuznetsk”, “Penza-1”, “Marjansk”, “Ryask-1” va “Skopin”) bekatlarni o‘z ichiga oladi.

Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan 506-sonli poyezd esa 28-sentabr kuni soat 5:40 da jo‘nab, 1-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 8:25 da yetib keladi.

Poyezd tarkibiga ikkita kupe va beshta plastkart toifali vagon, shuningdek, bitta vagon-restoran kiradi, deyiladi xabarda. Qatnovlar har hafta amalga oshiriladi.

Avvalroq “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” qatnov 77 soat davom etishini, chiptalar reys sanasidan qancha ko‘p kun oldin xarid qilinsa, shuncha hajmda chegirma qo‘llanishini ma’lum qilgan edi. Qatnov narxlari bilan quyida tanishish mumkin:

o‘zbekiston temir yo‘llari, poyezd, toshkent-moskva