O‘zbekiston Burundi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanalida yozdi.

burundi, diplomatik aloqa, diplomatik munosabatlar, kommyunike, tiv

Vazir Burundi tashqi ishlar, taraqqiyot va hamkorlik vaziri Albert Shingiro bilan birgalikda BMT bosh qarorgohida tegishli qo‘shma kommyunikeni imzoladi.

“Ushbu hujjat mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini yuzaga chiqarishda poydevor bo‘lib xizmat qiladi”, — deya ta’kidladi u.

burundi, diplomatik aloqa, diplomatik munosabatlar, kommyunike, tiv

Bu orqali Burundi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 152-davlat bo‘ldi. Avvalroq O‘zbekiston Seyshel orollari va Kabo-Verde bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgandi.