Siyosat

dayjest

TIV rahbari BMTdagi nutqida iqlim o‘zgarishi, dunyodagi mojarolar va Afg‘oniston masalasiga to‘xtalib o‘tdi

Baxtiyor Saidov BMTdagi chiqishida barcha davlatlarni iqlim o‘zgarishi, kambag‘allik va texnologik tengsizlik muammolarini hal etishda global hamkorlikka chaqirdi. U O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlari sifatida barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiqlik va MOda tinchlik va barqarorlikka ko‘maklashishni ta’kidladi.


dayjest

Alisher Qurbonov Muzrabot tumani hokimi bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumaniga Alisher Qurbonov hokim etib tayinlandi. U bungacha fermer xo‘jaligi rahbari bo‘lgan.


dayjest

O‘zbekiston Burundi bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi

O‘zbekiston va Burundi tashqi ishlar vazirlari diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzoladi.


dayjest

Toshkentdagi maktabda bolani urgan o‘qituvchi voqeasiga Rossiya TIV munosabat bildirdi

Chilonzordagi maktabda sinov muddatidagi rus tili o‘qituvchisi 6-sinf o‘quvchisini urgani ortidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistondan “rasmiy tushuntirish” so‘radi. Ular, shuningdek, o‘qituvchiga nisbatan “chora ko‘rishga” chaqirgan. Avvalroq IIB holat bo‘yicha surishtiruv ketayotgani haqida xabar bergandi.


dayjest

DIIHB O‘zbekistondagi parlament saylovlarini kuzatish missiyasini boshladi

YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistondagi parlament saylovlarini kuzatish bo‘yicha missiyasini boshladi.


dayjest

“Muammolarga to‘la o‘z ishlari bilan shug‘ullanishsa, to‘g‘ri bo‘lardi” — Alisher Qodirov RF TIVning Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini urganiga munosabati haqida

Alisher Qodirov Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini urgani bo‘yicha Rossiya TIV O‘zbekistondan “rasmiy tushuntirish” so‘raganiga munosabat bildirdi. “Bizning ichki ishlarimiz haqida bosh qotirguncha muammolarga to‘la o‘zlarining ishlari bilan shug‘ullanishsa, to‘g‘ri bo‘lar edi”, — deydi Milliy tiklanish partiyasi raisi.


dayjest

Uchtepa tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bunyod Mamadjanov Toshkent shahri Uchtepa tumaniga hokim etib tayinlandi. U bungacha “Asakabank” raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.


Iqtisodiyot

dayjest

O‘zbekiston yil boshidan beri gaz importini 5,7 barobarga oshirdi

O‘zbekistonga gaz importi 1,15 mlrd dollarga yetib, 2023-yilning sakkiz oyiga nisbatan 5,7 baravarga oshdi, deb xabar bermoqda Statistika agentligi. Yil boshidan buyon “zangori olov” eksporti ham 404,8 mln dollarga (+7,1 foiz) o‘sdi, avgust oyining o‘zida bu o‘sish (yiliga) 2,4 baravar bo‘ldi.


dayjest

O‘zbekistonda pensiya islohoti konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish uchun ishchi guruh tuzildi

O‘zbekistonda pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha konsepsiya loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi, konsepsiya prezident administratsiyasiga 2025-yil 1-martga qadar taqdim etilishi kerak. Avvalroq Jahon banki O‘zbekistonga pensiya yoshini bosqichma-bosqich 65 yoshga oshirishni tavsiya qilgan edi.


dayjest

HMSTR tokenlarini faqat ruxsat etilgan kriptobirja va kriptodo‘konlarda sotish mumkin bo‘ladi — ILMA

O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Hamster Kombat o‘yinidan olingan HMSTR tokenlarini faqat ruxsat etilgan kriptobirja va kriptodo‘konda sotish mumkinligini ma’lum qildi. Kriptoaktivlar aylanmasi qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilganini eslatdi.


Jamiyat

dayjest

Toshkentni “piyodalar shahri"ga aylantirish, yashil hududlar va suv havzalarini ko‘paytirish reja qilinmoqda

Prezident Toshkent shahrida havo sifatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi. Unda “Shahar — piyodalar uchun” tamoyilini joriy etish, sun’iy suv havzalari va yashil zonalar barpo etish, korxonalarda tozalash uskunalarini o‘rnatish va boshqa tadbirlar ko‘zda tutilmoqda.


dayjest

Samarqandda tirkamaga borib urilgan Nexia haydovchisi shifoxonada vafot etdi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida Nexia haydovchisi yo‘l chetidagi tirkamaga borib urildi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


dayjest

Chilonzorda o‘quvchini urgan o‘qituvchi 7 sutkaga qamaldi. Jazo uning boshqa huquqbuzarligi uchun berildi

Toshkentdagi 188-maktabda o‘quvchini urgan sinov muddatidagi o‘qituvchi voqeaning ertasi kuni qizi o‘qiyotgan boshqa maktabda direktor o‘rinbosari bilan tortishib, unga kuch ishlatdi. Ayol Milliy gvardiya va IIO xodimlari talablariga ham bo‘ysunmagan. Buning ortidan unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi berildi.


dayjest

Toshkentda avtobusda sog‘lig‘i yomonlashgan fuqaro vafot etdi

Beruniy metro bekati yaqinida jamoat avtobusi ichida yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashib, tashqariga olib chiqildi. Fuqaro tez yordam yetib kelgunga qadar vafot etdi. Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.


dayjest

Qator qo‘riqxona rahbarlari ishidagi kamchiliklari uchun ishdan olindi

Nurota davlat qo‘riqxonasi, “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i, “Sudoche-Akpetki” buyurtma qo‘riqxonasi va Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi rahbarlari lavozimidan ozod etildi. Ular faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan va ishni lozim darajada tashkil etmagan.


dayjest

O‘zbekistonda qariyb 6 oyda 19 ming fuqaro uchun 32,5 mlrd so‘mlik protez va reabilitatsiya vositalari berildi

Salkam yarim yilda 19 ming nogironligi bo‘lgan va nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez va reabilitatsiya vositalari uchun 32,5 mlrd so‘m subsidiya ajratildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ko‘ra, fuqarolarga 30 turdagi mahsulot elektron vaucher shakllantirish orqali berilmoqda.


dayjest

“Gazeta.uz” jurnalisti “Eng yaxshi milliy kontent” respublika tanlovida g‘olib chiqdi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi “Eng yaxshi milliy kontent” tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi. Tanlovning internet-jurnalistika yo‘nalishidagi “Eng yaxshi milliy kontent uchun” nominatsiyasida “Gazeta.uz” jurnalisti Gulira’no Musayeva g‘olib deb topildi.


dayjest

Kolonka: Qonunchilikdan amaliyotga. Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun samarali choralar ko‘rishga chaqiriq

Bo‘lajak Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka chek qo‘yish bo‘yicha global konferensiyasi O‘zbekistonning sadoqatini ta’kidlash va ilg‘or qonunlarni haqiqatga aylantirish uchun ideal imkoniyatdir. YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bolalarni himoya qilish bo‘limi boshlig‘i Antoniya Lyudekening kolonkasi.


dayjest

Prezident qator tibbiyot xodimlarini mukofotladi

Akademik Vohidov nomidagi tibbiyot markazi 50 yilligi munosabati bilan prezident sog‘liqni saqlash tizimidagi samarali mehnati uchun qator tibbiyot xodimlarini faxriy unvon va ordenlar bilan mukofotladi.


Jahon

dayjest

Isroil “Hizbulloh” bilan sulh bitimidan voz kechdi

Isroil AQSh, Yevropa Ittifoqi va Yaqin Sharqda masshtabliroq urushning oldini olishga urinayotgan boshqa ittifoqchilarning “Hizbulloh” bilan uch haftalik sulh taklifini rad etdi.


dayjest

Nyu-York meri Erik Adams jinoyatda ayblanmoqda — NYT

Nyu-York meri Erik Adams korrupsiyaviy jinoyatda ayblanmoqda. Prokurorlar uning 2021-yilgi saylov kampaniyasini moliyalashtirish manbalarini tekshirmoqda. Rasmiylar Adamsning bir qancha davlatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan aloqalari haqida ma’lumot so‘ragan.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!