Shavkat Mirziyoyev akademik Vosit Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 50 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi.

Farmonga ko‘ra, mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, shuningdek, murakkab jarrohlik operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlandi:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan

  • Ismailov Saydimurad Ibragimovich — Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori.

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

  • Gulamov Olimjon Mirzaxitovich — Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining torakoabdominal onkoxirurgiya bo‘limi mudiri;
  • Madgaziyev Oleg Raxmatovich — Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining torakoabdominal xirurgiya bo‘limi shifokori;
  • Xaybullina Zarina Ruslanovna — Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining klinik biokimyo va mikrobiologiya bo‘limi mudiri;
  • Xaydarov Alisher Erkinovich — Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kardioanesteziologiya, kardioreanimatsiya va sun’iy qon aylanish bo‘limi mudiri;
  • Yarbekov Rustam Raimkulovich — Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yurak ishemik kasalliklari va uning asoratlari xirurgiyasi bo‘limi mudiri, kardiojarrohi.

“Do‘stlik” ordeni bilan

  • Rustamova Farangis Kamranovna — Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining maslahat poliklinikasi bo‘limi kichik tibbiy xodimi;
  • Shuvayeva Olga Vladimirovna — Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tibbiyot arxivi mudiri.

“Sog‘lom turmush” medali bilan

  • Djurayeva Nigora Muxsumovna — Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining magnit rezonans va kompyuter tomografiyasi bo‘limi mudiri;
  • Kadirov Marat Jalgasovich — U.Xalmuratov nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining jarrohlik bo‘limi shifokori.