Bunyod Mamadjanov Baxtiyorovich Uchtepa tumanining hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar qildi.
Bunyod Mamadjanov 1985-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008-yilda Toshkent moliya institutini magistrlik darajasi bilan tamomlagan.
2020-yildan shu kunga qadar “Asakabank” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
2019-yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelgan tumanning avvalgi hokimi Farhod Abdullayev iyun oyida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati boshqaruvi raisi etib tayinlangandi.
Avvalroq Mirzo Ulug‘bek va Shayxontohur tumanlariga ham hokim tayinlangandi.