Qashshoqlikdan qutulish mumkin. Savol esa — “qanday qilib?”

Farovonlikning asl kaliti nimada? Bu savollarga turli javoblar taklif qilinsa-da, dunyodagi eng taniqli universitet — Garvard professori Kleyton Kristenson boshchiligidagi tadqiqotchilar “Farovonlik paradoksi” kitobida boshqalardan farq qiladigan, lekin dalillarga asoslangan amaliy yechimlarni taqdim etgan.

asaxiy books, реклама

Kitobda mualliflar nafaqat AQSh yoki Yevropa mamlakatlari, balki Meksika, Yaponiya, Janubiy Koreya va hatto Nigeriya kabi turli davlatlar misolida innovatsiyalar qanday qilib millionlab insonlarning turmush tarzini o‘zgartirganini ochib beradi. Ular “Nima uchun ba’zi mamlakatlar tez rivojlanadi va bu rivojlanishga nima sabab bo‘ladi?” degan savolga hayotiy misollar orqali javob beradi.

asaxiy books, реклама

Kitob o‘quvchini nafaqat iqtisodiyot va innovatsiyalar bilan tanishtiradi, balki kengroq savollarni qo‘yadi: nimaga aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ko‘plab qarorlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi? Bu savollar Kristensonning ilmiy tadqiqotlari bilan birga, global rivojlanishning zamonaviy muammolarini yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

asaxiy books, реклама

“Loyiha tarixidagi eng muhim kitobni o‘zbek tilida taqdim qildik. „Farovonlik paradoksi“ zamonamizning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘yicha yangicha va asosli yondashuv taklif qiladi”, — deydi Asaxiy Books loyihasi rahbari Firuz Allayev.

Kitob siyosatchilar, davlat xizmatchilari, iqtisodchilar, tadbirkorlar, talabalar va mamlakat taqdiriga bee’tibor bo‘lmagan barchaga tavsiya qilinadi. Mutolaa orqali nega ba’zi davlatlar gullab-yashnashi, boshqalari esa qashshoqlik tuzog‘ida qolayotgani haqida asosli bilimlarni olish mumkin.

Kitob Asaxiy Books va Xalq Banki hamkorligida chop etildi. Mazkur tashkilotlar jamiyat uchun foydali kitoblar chiqishiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Kitobni tayyorlashda tarjimon, muharrir va korrektorlardan iborat mutaxassislar jamoasi ishlagan. Matn sakkiz bosqichli sifat nazoratidan o‘tgan va qattiq muqovada chop etilgan.

asaxiy books, реклама

“Farovonlik paradoksi” kitobini Asaxiy.uz internet do‘koni orqali xarid qilish mumkin. Buyurtmalar O‘zbekistonning istalgan hududiga yetkazib beriladi.

Ушbuҳавола orqali kitob haqida ma’lumot olish hamda unga buyurtma berish mumkin

Asaxiy.uz`da kitoblardan tashqari maishiy texnika, elektronika, kompyuter jihozlari, smartfon va gadjetlar ham sotuvda mavjud. Qulaylik uchun onlayn muddatli to‘lov xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Reklama huquqlari asosida.