BI Group kompaniyasi uzoq kutilgan yangi BI SAN’AT turar joy majmuasi sotuvi boshlanganini faxr bilan e’lon qildi. Ushbu loyiha “San’at” deb nomlanishiga mos ravishda, nafosat, funksionallik va madaniy merosni birlashtirgan falsafani o‘zida aks etiradi. Bu turar-joy majmuasi nafaqat yashash uchun qulay joy, balki madaniy ilhom markaziga xam aylanishni va’da qilmoqda.

реклама

Sotuv jarayonini boshlash doirasida hududning badiiy va madaniy merosini aks ettiruvchi “Farg‘ona” mavzusidagi rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu tadbir kompaniya loyihalarida san’atni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan BI Art tashabbusining bir qismi bo‘ldi. 26-sentabr kuni Toshkent Fotosuratlar uyida o‘tkazilgan ko‘rgazma professionallar va san’at ixlosmandlarining e’tiborini tortdi. Rassomlar BI SAN’AT intererlarini bezash uchun ekspertlar hay’ati tomonidan tanlab olingan o‘z asarlarini taqdim etdi.

Majmuaning birinchi galdagi hollarini bezatish uchun eng yaxshi oltita asar tanlab olindi.

BI SAN’AT — bu shunchaki turar joy majmuasi emas, balki qulay hayotni madaniy qadriyatlar bilan birlashtiradigan noyob makon. Majmua Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan. Yaqin atrofda Furqat bog‘i, ta’lim muassasalari, do‘konlar, poliklinikalar va boshqa muhim infratuzilma obyektlari joylashgan. Majmua hududida dam olish va sport zonalari:

  • barbekyu zonasi;
  • futbol maydoni;
  • tennis stoli;
  • shiyponchalar;
  • bolalar maydonchasi;
  • fontan-ariq;
  • workout-zona mavjud.

BI SAN’AT`ning birinchi majmuasi 2026-yilning . III choragida foydalanishga topshiriladi, majmuaning o‘zi 16 qavatli bo‘lib, “Komfort” toifasiga kiradi.

реклама

BI SAN’AT`ning ishga tushirilishi munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rgazma rasmiy ochilishdan so‘ng ikki kun davom etdi xamda kolleksionerlar va san’at ixlosmandlariga taqdim etilgan asarlar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Shuningdek, tadbirga tashrif buyurganlar loyihaga kiritilgan kompleks arxitektura va dizayn yechimlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi.

BI Group — bu xalqaro investitsion-ishlab chiquvchi holding bo‘lib, ENR Top 250 Global Contractors (2022-yil yakunlari bo‘yicha 193-o‘rin) reytingiga kiradi. 29 yillik faoliyati davomida kompaniya quyidagilarni qurdi:

  • yetti million kvadrat metrdan ortiq turar joy ko‘chmas mulki va infratuzilmasi;
  • 10 ta innovatsion maktab (va uni o‘z boshqaruviga oldi);
  • uch ming kilometrdan ziyod yo‘llar (100 mingdan ortiq mijozga ega).

реклама

Holding loyihalari dunyoning 9 ta davlatida, jumladan, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Sharqiy Yevropa mamlakatlari, Gruziya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, AQSh va BAAda amalga oshirilmoqda. BI Group MDH va O‘zbekistondagi eng yaxshi 3 ta developerlar qatoriga kiradi, ENR reytingida 193-o‘rinni va Forbes reytingida 11 o‘rinni egallaydi.

BI Group kompaniyasi BI SAN’AT tadbiriga qiziqish bildirgan va ko‘rgazmada ishtirok etgan barchaga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

BI SAN’AT loyihasi haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun manfaatdor shaxslar kompaniya vakillari bilan 1360 telefoni orqali bog‘lanishlari mumkin.

Shuningdek, quyidagi manzillar bo‘yicha BI Group ofislarida ham ma’lumot olish mumkin:

  • Mirobod t-ni Nukus ko‘chasi 91/1;
  • Mirzo Ulug‘bek t-ni Shahriobod ko‘chasi 69-uy.

Reklama huquqlari asosida.