Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 27-sentabrda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 29-sentabrda kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

27−29-sentabr kunlari harorat kechalari +7…+12 daraja, kunduz kunlari 27-sentabrda +20…+25, 28-sentabrda +22…+27, 29-sentabrda +24…+29 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7−12 m/s tezikda esadi, ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +9…+12, kunduz kunlari +25…+28 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.