2023-yilda o‘z xohishi bilan “Toshshaharnur” davlat unitar korxonasi rahbarligidan ketgan Umidbek Rajabov yana o‘sha lavozimga qaytdi. Bu xabarni shahar hokimligi matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga tasdiqladi.

U hozirda tashkilot rahbari vazifasini bajaruvchi sifatida ishlamoqda.

Shu vaqtgacha poytaxt ko‘chalarini yoritishga mas’ul bo‘lgan korxona direktori bo‘lib kelgan Shomansur Ahmedov esa egallab turgan lavozimidan ozod etildi. U mazkur lavozimda 8 oy faoliyat yuritdi.