Oliy Majlis Senatining ellik sakkizinchi yalpi majlisi 30-sentabr kuni chaqiriladi, deya xabar bermoqda yuqori palata matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.

Xususan, qishloq xo‘jaligi kooperativi, temiryo‘l transporti, xalqaro bitimlarni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlar kun tartibidan o‘rin olgan.

Shuningdek, senatorlar Senat kengashining qarorlarini tasdiqlash masalasini ham ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.