So‘nggi yillarda davlat mulki hisoblangan umumfoydalanishdagi bog‘lar, sayilgoh, xiyobon va daraxtzorlar hududida bino-inshootlarni qurish amaliyoti kengayib borayotgani ko‘pyillik daraxtlarning kesilishiga, atrof-muhit ifloslanishiga, oqibatda aholining haqli noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Partiya o‘rganishlariga ko‘ra, hozirgi kunda respublikadagi 184 ta istirohat bog‘larida daraxtzor hududlar kamaytirilib, 944 ta bino-inshoot qurilgan. 18 ta istirohat bog‘ida 91 ta noqonuniy qurilma mavjud ekani aniqlangan. Ularning 98 tasida 1248 ta attraksion noqonuniy o‘rnatilgan.

Shu bilan birga, qonunchilikdagi bo‘shliqlar sabab mahalliy hokimliklar tomonidan istirohat bog‘larining yerlarini mahalliy hokimiyat zaxirasiga olish va keyinchalik xususiylashtirish yoki begonalashtirish amaliyoti kengayib bormoqda. Natijada yangidan qayta-qayta kadastr hujjatini tuzish orqali bog‘lar hududi qisqarib ketmoqda.

“Adolat” SDP o‘zining 2025−2029-yillarga mo‘ljallangan yangi caylovoldi dasturida ijtimoiy obyektlarni saqlab qolish maqsadida istirohat bog‘lari, bolalar oromgohlari, sayilgohlar, ta’lim va tibbiyotga oid davlat obyektlari va ularning hududlarini sotish, xususiylashtirish yoki begonalashtirishni taqiqlash, bunday harakatlar uchun javobgarlik belgilashni taklif qilmoqda.

Reklama huquqlari asosida.