27-sentabr kuni futzal bo‘yicha jahon chempionati chorak finaliga yo‘l olgan so‘nggi ikki jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Tailand Buxoroda nominal mezbon sifatida Fransiya termasini qabul qilib, yirik — 2:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Toshkentdagi “Humo Arena"da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa Argentina futzalchilari Xorvatiya ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda o‘tayotgan 2024-yilgi jahon chempionati chorak final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:

29-sentabr, yakshanba
17:30. Buxoro
Braziliya — Marokash
20:00. Toshkent
Ukraina — Venesuela

30-sentabr, dushanba
17:30. Buxoro
Fransiya — Paragvay
20:00. Toshkent
Qozog‘iston — Argentina

Ushbu uchrashuvlarning chiptalarini onlayn sotib olish ham mumkin.

Qo‘shimcha sifatida, “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf Argentina — Xorvatiya (2:0) uchrashuvida bo‘lib, o‘yindagi qiziqarli lahzalarni fotosuratlarga muhrladi.