Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi O‘zbekiston tadbirkorlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning birinchi yarmida davlat budjeti daromadlari 121 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, imtiyozlarning umumiy hajmi 63,4 trillion so‘mga yetdi, bu 2023-yilning olti oylik ko‘rsatkichidan (127,1 trillion) ikki baravar kam.

132 mingta tashkilotga 39 trln so‘mlik soliq imtiyozlari berilgan bo‘lib, ularning aksariyati 32,1 trln so‘m QQSga to‘g‘ri keladi. 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan imtiyozlardan 129,46 mingta, 1 mlrd so‘mdan 100 mlrd so‘mgacha bo‘lgan imtiyozlardan 2560, 100 mlrd so‘mdan 1 trln so‘mgacha bo‘lgan imtiyozlardan 36 ta, 1 trln so‘mdan ortiq imtiyozlardan 3 ta kompaniya foydalangan.

Ahamiyatli jihati, ko‘rsatilgan mablag‘lar prezident va hukumatning yopiq qarorlari bilan berilgan imtiyozlarni o‘z ichiga olmaydi.

Soliq imtiyozlarini olgan top-20 kompaniyalar (bank va moliya sektoridan tashqari):

  1. NKMK — 5,43 trln so‘m;
  2. OKMK — 1,28 trln so‘m;
  3. NBU — 1,27 trln so‘m;
  4. Uzbekistan Airways — 881,4 mlrd so‘m;
  5. Coinpay (kriptobirja) — 642,7 mlrd so‘m;
  6. “Navoiyuran” — 581,4 mlrd so‘m;
  7. “O‘zbekiston temir yo‘llari” — 529,6 mlrd so‘m;
  8. Asia Trans Gas (Turkmanistondan Xitoyga gaz tranzitini amalga oshiradi) — 453,7 mlrd so‘m;
  9. UzAuto Motors — 281,8 mlrd so‘m;
  10. Uz-Kor Gas Chemical (gaz-kimyo majmuasi) — 224,3 mlrd so‘m;
  11. Kobea Group (UZNEX kripto birjasi) — 218,7 mlrd so‘m;
  12. YAUPM (Uzcard) — 145,7 mlrd so‘m;
  13. Uzbekistan Airports — 145,1 mlrd so‘m;

Bojxona imtiyozlari (boj, yig‘im, aksiz va QQS) summasi 10 454 ta tashkilot uchun 24,4 trln so‘mni tashkil etdi. Davlat ahamiyatiga molik loyihalar uchun 4,9 trln so‘m, jismoniy shaxslarga 91,3 mlrd so‘m, xorijiy davlatlar vakolatxonalari va xorijiy diplomatik vakolatxonalarga 49,1 mlrd so‘m imtiyoz berildi.

Bojxona imtiyozlari bo‘yicha top-20:

  1. UzGasTrade — 1,07 trln so‘m;
  2. Hamkorbank — 580,5 mlrd so‘m;
  3. “Markaziy Osiyo kon-ruda texnologiyalari” — 438,6 mlrd so‘m;
  4. Shamol Zarafshan Energy — 365,7 mlrd so‘m;
  5. RWS Optimum — 353,6 mlrd so‘m;
  6. OKMK — 344,3 mlrd so‘m;
  7. Holos — 314,9 mlrd so‘m;
  8. “O‘zbektelekom” — 300,6 mlrd so‘m;
  9. ACWA Power Dzhankeldy Wind — 277,1 mlrd so‘m;
  10. BYD Uzbekistan Factory — 274,4 mlrd so‘m;
  11. ACWA Power Bash Wind — 273,8 mlrd so‘m;
  12. First Fruits — 269,8 mlrd so‘m;
  13. Enter Engineering, Olmaliq PU — 266,7 mlrd so‘m;
  14. Panorama Airways — 240,2 mlrd so‘m;
  15. “Agrobank” — 220,1 mlrd so‘m;
  16. Enter Engineering, Boysun GQIZ — 203,9 mlrd so‘m;
  17. Alliance Holding — 201,8 mlrd so‘m;
  18. Uzbekistan Airways — 196 mlrd so‘m;
  19. NBU — 189,6 mlrd so‘m;
  20. ADM Jizzakh — 158,6 mlrd so‘m.

Bir vaqtning o‘zida 4630 ta kompaniya 39,3 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlarini oldi.

Soliq va bojxona imtiyozlarini eng yirik oluvchilar (100 mlrd so‘mdan ortiq):

  1. NKMK — 5,44 trln so‘m;
  2. OKMK — 1,63 trln so‘m;
  3. NBU — 1,46 trln so‘m;
  4. Hamkorbank — 1,23 trln so‘m;
  5. UzGasTrade — 1,1 trln so‘m;
  6. Uzbekistan Airways — 1,07 trln so‘m;
  7. “Agrobank” — 1,07 trln so‘m;
  8. O‘zCQB — 1,07 trln so‘m;
  9. “Kapitalbank” — 851,8 mlrd so‘m;
  10. “Ipoteka-bank” — 800,5 mlrd so‘m;
  11. Xalq banki — 666,3 mlrd so‘m;
  12. O‘TY — 558,1 mlrd so‘m;
  13. “Asakabank” — 509,9 mlrd so‘m;
  14. Asia Trans Gas — 462,7 mlrd so‘m;
  15. “O‘zbektelekom” — 431,7 mlrd so‘m;
  16. Shamol Zarafshan Energy — 375,6 mlrd so‘m;
  17. RWS Optimum — 353,3 mlrd so‘m;
  18. UzAuto Motors — 317,2 mlrd so‘m;
  19. Holos — 315,3 mlrd so‘m;
  20. Enter Engineering, Boysun GQIZ — 289,5 mlrd so‘m;
  21. BYD Uzbekistan Factory — 274,6 mlrd so‘m;
  22. Panorama Airways — 272,7 mlrd so‘m;
  23. First Fruits — 269,8 mlrd so‘m;
  24. DM Enter Engineering Pte Ltd — 268,4 mlrd so‘m;
  25. Grand Pharm Trade — 259,3 mlrd so‘m;
  26. Uz-Kor Gas Chemical — 225,6 mlrd so‘m;
  27. “Ipak yo‘li” banki — 222,9 mlrd so‘m;
  28. Asia Metall Prof qo‘shma korxonasi — 210,7 mlrd so‘m;
  29. Meros Pharm — 190,3 mlrd so‘m;
  30. “Aloqabank” — 186,8 mlrd so‘m;
  31. Orient Finans Bank — 176,9 mlrd so‘m;
  32. ADM Jizzakh avtomobil zavodi — 175,1 mlrd so‘m;
  33. My Freighter aviakompaniyasi — 165,7 mlrd so‘m;
  34. Anglesey Food (“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i) — 158,2 mlrd so‘m;
  35. Octobank — 156,5 mlrd so‘m;
  36. YAUPM (Uzcard) — 151,9 mlrd so‘m;
  37. Uzbekistan Airports — 146 mlrd so‘m;
  38. Davr Bank — 140,7 mlrd so‘m;
  39. Platinum Trade Group — 129,5 mlrd so‘m;
  40. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti — 129,4 mlrd so‘m;
  41. O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari — 128,6 mlrd so‘m;
  42. “Procab” qo‘shma korxonasi — 121,2 mlrd so‘m;
  43. Toshkent xalqaro aeroporti — 117,9 mlrd so‘m;
  44. Toshkent metropoliteni — 114 mlrd so‘m;
  45. Farm Lyuks Invest — 111,9 mlrd so‘m;
  46. KDV Uzb — 110,1 mlrd so‘m;
  47. Uz Truck And Bus Motors — 107,4 mlrd so‘m;
  48. Inter Food Plus — 105,4 mlrd so‘m;
  49. “O‘zbekneftgaz” — 101,9 mlrd so‘m;
  50. Basfiber Trade — 101,7 mlrd so‘m.