Toshkent shahar Sergeli tumanida tilanchilik uchun o‘zining 10 yoshli o‘g‘lidan foydalangan erkak qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.

Bayon qilinishicha, u o‘zining 10 yoshli farzandini ko‘chaga tilanchilik uchun chiqarib, kuzatib turgan vaqtida xodimlar tomonidan ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan.

Ushbu shaxs Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188−3-moddasi 2-qismi (Voyaga yetmagan shaxslarni tilanchilikka jalb etish) va 194-moddasi 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan aybli deb topib, unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi, bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari (340 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.