Xaritalarda yangi diqqatga sazovor maskan — Tashkent City Mall paydo bo‘lganiga 7 oy bo‘ldi. Shu vaqt mobaynida savdo-ko‘ngil ochish markaziga 7 milliondan ortiq kishi, jumladan, mahalliy aholi hamda O‘zbekiston madaniyati bilan tanishib, keng imkoniyatlar doirasidan ilhomlanayotgan sayyohlar tashrif buyurdi. 

Mehmonlarda dastlabki taassurotni mahobatli atriumlar uyg‘otadi. Tashkent City Mall hududida tor yo‘laklar va past shiftlar yok — ichki muhit juda yorug‘ va bahavo. Ko‘plab brend vakillari o‘zbek an’analariga murojaat qilgan – kirish va do‘kon intererlari yoysimon gumbazlar bilan bezatilgan, me’moriy yechimlar hunarmandchilikka yo‘naltirilgan, ranglar uyg‘unligi esa mamlakatning diqqatga sazovor maskanlari bezaklarini eslatadi. 

tashkent city mall, реклама

Bu yerga kelgan har bir kishi o‘ziga xos taassurotlarga ega bo‘ladi: kimdir faol dam olish mashg‘ulotlarini — butiklarni aylanish, taomlanish nuqtalarida tushlik qilish, film tomosha qilish yoki ko‘rgazmada ishtirok etishni tanlasa, yana kimdir savdo markazining qavatlari bo‘ylab cho‘zilgan yorqin peshtaxtalar qurshovida o‘z xayollari bilan yolg‘iz qolish uchun keladi. Tashkent City Mall’ga tashrif buyurishni rejalashtirish orqali barcha inson o‘zi va yaqinlari uchun optimal tartibni ishlab chiqishi mumkin. Bu muayyan nuqtalarga maqsadli tashrif yoki kundalik ishlar orasida muqobil xilma-xillik va ilhom izlash uchun tasodifiy aylanish bo‘lishi mumkin. Bu yerda kun juda tez o‘tadi. Tongni Befit Sky premium fitnes markazida qalb va tana g‘amxo‘rligi bilan boshlash mumkin. Mashg‘ulotlarni Tashkent City’ga nigoh bilan yakunlab, qulay qahvaxonalardan birini yoki xushbo‘y qahvali nonushta uchun restoranni tanlash tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, do‘konlarda sayr qilish mumkin — xalqaro va mahalliy brendlar to‘plamlaridan mos kiyimlarni tanlab, imij yaratib yoki to‘ldirib borsa bo‘ladi. Texnika, interer va bezak buyumlarini xarid qilishdan zavqlanish, shuningdek, yaqinlarni sovg‘alar bilan xursand qilish mumkin.

tashkent city mall, реклама

Xaridlardan zavqlanib, yana savdo markazida taqdim etilgan gastronomik xilma-xillikka sho‘ng‘ish va dunyoning turli mamlakatlari oshxonalarining ta’mlari, iforlari va formatlarining uyg‘unligidan bahramand bo‘lish mumkin. Bu yerda bir finjon qahva ustida ishga oid tushliklar yoki uchrashuvlar o‘tkazish juda qulay. 

Oila bilan savdo markaziga borilar ekan, bolalar ham, kattalar ham maksimal quvvat va aql bovar qilmas his-tuyg‘ularga ega bo‘ladigan noyob Sky Park ko‘ngilochar parki xizmatlaridan foydalanish mumkin. Kinematografiya yangiliklari Cinematica kinoteatrida taqdim etiladi va jahon premerasi IMAX zalini tomosha qilish taassurotini kuchaytiradi.

tashkent city mall, реклама

O‘zbekiston madaniyatiga qiziquvchi mehmonlar uchun multimedia ekspozitsiyalari mavjud hudud - ikkincha qavatda jadidlarning noyob tarixi bilan tanishish mumkin.

Kunni Tashkent City Park’ning panoramali ko‘rinishi bilan terrasada kechki ovqat bilan yakunlash va ajoyib favvoralardan bahramand bo‘lish mumkin. Uyga qaytayotganda esa Galmart supermarketiga tashrif buyursa bo‘ladi, u yerda tashrif buyuruvchilarni keng turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, yangi pishiriqlar va boshqalar kutmoqda.
tashkent city mall, реклама

Tashkent City Mall - bu dinamika, ham shaxsiy, ham oilaviy, ham ishbilarmonlik muloqoti uchun imkoniyat, shuningdek, yangi, unutilmas taassurotlar uyg‘unlashgan makon.

Reklama huquqlari asosida.