30-sentabr kuni kechqurun Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti binosida kelib chiqqan kuchli yong‘in o‘chirildi.

FVV xabariga ko‘ra, soat 20:10 da signal kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari 20:17 da hodisa joyiga yetib borib, 21:36 da qurshab olgan va 22:10 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Yong‘inni bartaraf etish jarayonini favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev bevosita joyidan boshqarib bordi, deyiladi xabarda.

Toshkent davlat agrar universiteti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 28 gektar maydonda joylashgan universitet hududida O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosi ham mavjud.

“Universitet binolaridan birida sodir bo‘lgan deb ta’kidlanayotgan yong‘in aynan O‘rmon xo‘jaligi agentligi joylashgan binoning tom qismida sodir bo‘lgan”, — ta’kidladi universitet matbuot xizmati.

Keyinchalik yong‘in (ehtimol, alyukobonddan yasalgan tashqi qoplama bo‘ylab) yaqin atrofdagi binolarga tarqalgan. Hammasi bo‘lib uchta bino yongan.

Hodisa joyiga borgan “Gazeta.uz” muxbirlari universitet joylashgan ko‘chada avtomobillar harakati cheklangani, aholidan iloji boricha binodan uzoqroq bo‘lish so‘ralayotganini xabar qildi. Favqulodda vaziyat hududida kuchli yonish hidi bor.

Yong‘inni o‘chirishga 15 dan ortiq qutqaruv ekipaji, shuningdek, 5 ta tez yordam mashinasi jalb qilingan. Binoga kirishda tashkil qilingan maxsus shtab ularni yo‘naltirib turish bilan shug‘ullangan.

Video

Foto

Shohruh Haydarov / “Gazeta.uz”Shohruh Haydarov / “Gazeta.uz”

Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”
Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”
Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”
Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”