Siyosat

”daйжест"

Komil Allamjonov Prezident administratsiyasidagi ishidan ketdi

Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.


Iqtisodiyot

”daйжест"

Issiqxona xo‘jaliklari elektr va gaz uzilishlari haqida oldindan xabardor qilinadi

O‘zbekistonda yaqin uch oy ichida issiqxonalarga gaz uchun joriy 100 foiz emas, 50 foizlik oldindan to‘lovni amalga oshirishga ruxsat beriladi. Shuningdek, ularga elektr va gaz uzilishlari haqida oldindan xabar beriladi.


”daйжест"

2025-yildan maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 mlrd so‘mgacha kredit ajratiladi

O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 mlrd so‘mgacha kredit ajratiladi. Shuningdek, bu kredit foizining asosiy stavkaning 1,5 barobaridan oshgan qismi budjetdan qoplab beriladi.


Jamiyat

”daйжест"

1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?

Ish haqi, eng kam ish haqi va BHM oshiriladi, parranda go‘shti importiga berilgan imtiyoz bekor qilinadi, ovchilik guvohnomasini olish uchun yangi qoidalar joriy etiladi, modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi — 1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?


”daйжест"

Farg‘onada 5,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi

Marg‘ilonda noqonuniy faoliyat yurituvchi ohak ishlab chiqarish sexi gazdan yashirincha foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda 5,6 mlrd so‘mlik zarar yetdi. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlandi.


”daйжест"

Hafta davomida havo iliq bo‘ladi, joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Hafta davomida respublika bo‘yicha o‘rtacha iliq va quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechalari +7…+17, kunduz kunlari +22…+30 daraja atrofida bo‘ladi. Joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.


”daйжест"

So‘nggi uch yilda 2 mingdan ortiq insonlar ota-onalik huquqidan mahrum qilingan — bolalar ombudsmani

Bola huquqlari bo‘yicha vakil Surayyo Rahmonovaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi uch yilda 2 mingdan ortiq inson ota-onalik huquqidan mahrum qilingan. Bolalar ombudsmani ota-onalik huquqidan mahrum qilishga nimalar sabab bo‘lgani va bundan aziyat chekkan bolalarning keyingi taqdiri haqida so‘zladi.


”daйжест"

Hisob palatasi raisiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Sardor Mirzayev va Atabek Allaberganov Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. Sardor Mirzayev avval palatadagi Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish shu’basi mudiri, Atabek Allaberganov esa Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.


”daйжест"

O‘qituvchilar uchun 1000 dollar maosh bugun real hodisaga aylanmoqda — prezident

Prezident o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning yangi chora-tadbirlarini ma’lum qildi. Kelasi o‘quv yilidan boshlab xalqaro malaka sertifikatini berish boshlanadi. Uni olgan o‘qituvchilar boshqa ustamalarni hisobga olgan holda oylik maoshini 4,5 mln so‘mdan 12 mln so‘mgacha oshirishi mumkin bo‘ladi.


”daйжест"

Toshkent viloyatida Cobalt piyodalar o‘tish joyida o‘quvchini urib yubordi

Yuqori Chirchiq tumanida Cobalt haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 11 yoshli o‘quvchini urib yubordi. Toshkent viloyati YHXBga ko‘ra, qizga birinchi yordam ko‘rsatilgan va ahvoli yaxshiligi sabab uyiga ruxsat berilgan.


”daйжест"

O‘zbekistonda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga uch xonali uy beriladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilishini, unda g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga uch xonali uy sovg‘a qilinishini ma’lum qildi.


”daйжест"

Andijonda reklama banneri o‘rnatayotgan fuqaroni tok urdi

Shahrixon tumanida reklama banneri o‘rnatayotgan yollanma ishchini elektr toki urdi. Andijon viloyati FVBga ko‘ra, qutqaruvchilar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatdi. Hozirda uning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.


”daйжест"

Xatirchida YTHda ikki o‘quvchi qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘qituvchi 5 yilga qamaldi

Aprelda Xatirchi tumanidagi mahallalardan birida o‘qituvchi Cobalt mashinasini haydab ketayotib, ikki o‘quvchi qizni urib yuborgan. Ulardan biri YTH joyida, ikkinchisi ikki kundan keyin shifoxonada vafot etgan. Haydovchi sudda chalg‘igani va boshqaruvni yo‘qotganini aytdi. U 5 yil qamoq jazosini oldi.


”daйжест"

“Hududlardagi o‘qituvchi va direktorlar bilan ko‘proq ishlab, barcha maktablarda sifatni oshirish zarur” — prezident

Prezident Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi. Uning binosi ta’mirlanib, ikkita yangi bino qurilgan. Institut yangi jihozlar bilan ta’minlangan, STEM laboratoriyasi, inklyuziv ta’lim va psixolog xonalari, media studiyasi va muzey tashkil etilgan.


”daйжест"

Fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi

Prezident fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etilishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, rag‘batlantiriladigan xalqaro fan olimpiadalari soni 18 tadan 22 taga yetkaziladi. Ilk bor xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar jamoasi rahbarlarini ham rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.


”daйжест"

Foto: Marg‘ilonda oltinchi bor “Atlas bayrami” o‘tkazildi

sentabr oyining muhim madaniy-ma’rifiy tadbirlaridan biri 19−21-sentabr kunlari Marg‘ilonda bo‘lib o‘tdi. An’anaviy “Atlas festivali”da davra suhbatlari, xalqaro anjuman, moda namoyishlari, ko‘rgazma va fototanlovlar o‘tkazildi. Unda 20 dan ziyod mamlakat vakillari qatnashdi.


”daйжест"

Foto: Farg‘ona aeroportida ilk rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona aeroportida birinchi rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardan kelgan 15 nafar aerofotograf samolyotlarning uchish va qo‘nishini kuzatdi. Ularning bir qismi So‘xga ham uchib bordi. Foto.


”daйжест"

Agrar universiteti binosida kuchli yong‘in yuz berdi

Toshkent davlat agrar universiteti hududida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. FVV “vaziyat to‘liq nazoratga olingan”ini ma’lum qildi. Ma’lumotlar yangilanmoqda.


Sport

”daйжест"

Futzal JCH: Ukraina va Braziliya yarim finalga chiqdi (foto)

O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal bo‘yicha JCH-2024 da 29-sentabr kuni ilk yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Braziliya Buxoroda Marokashni 3:1 hisobida yengdi, Ukraina esa Toshkentda Venesuelani 9:4 hisobida tor-mor keltirdi. 30-sentabr kuni Qozog‘iston yarim final uchun Argentinaga qarshi bahs olib boradi.


Jahon

”daйжест"

Green Card anketasini to‘ldirish 2-oktabrdan boshlanadi

AQShning “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV” (Green Card) dasturida qatnashish uchun anketa to‘ldirish 2-oktabrdan 5-noyabrgacha davom etadi. Bu yil AQSh hukumati dastur uchun 55 ming viza ajratganini ma’lum qildi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!