29-sentabr kuni Farg‘ona xalqaro aeroportida ilk bor rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardan 15 nafar aerofotograf ishtirok etib, havo kemalarining uchish va qo‘nishini kuzatdi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

“Farg‘ona aeroportidan tashqari, kunning ikkinchi yarmida spotting ishtirokchilari So‘x aeroportida ham samolyotlarni kuzatishdi. Aviatsiya ixlosmandlari bugungi kunda tobora kamayib borayotgan An-2 va Il-76 kabi oldingi avlod samolyotlariga alohida qiziqish bildirishdi”, — deyiladi xabarda.

Farg‘onadagi ilk spotting O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari ko‘magida tashkillashtirildi va Uzbekistan Airports tomonidan o‘tkazilgan yettinchi rasmiy aviaspotting bo‘ldi. Sakkizinchi spotting-tur 16-oktabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ilk rasmiy aviaspotting 2021-yil 22-oktabrda bo‘lib o‘tgan va bu hodisa O‘zbekistonda rasmiy spottingni boshlab bergan.

Uzbekistan Airports matbuot kotibi Yevgeniya Grandening o‘shanda xabar berishicha, poytaxt aeroportida spotting o‘tkazish g‘oyasi “Gazeta.uz"da aviatsiya ixlosmandlari haqidagi “Men samolyotlar parvozini bir asr kuzatgan bo‘lardim” maqola e’lon qilinganidan keyin paydo bo‘lgan.

Ko‘p o‘tmay, 2022-yil 26-yanvarda “Aviaspottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hukumat qarori qabul qilingan, unda spotting-turlarni doimiy o‘tkazish nazarda tutilgan.

Hujjatda mamlakatdagi barcha xalqaro aeroportlar hududida, shuningdek, ularga tutash hududlarda aviaspottingga ixtisoslashtirilgan joylar (kuzatuv maydonchalari) tashkil etish topshirilgan. Biroq bu hali amalga oshirilmadi.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida O‘zbekiston Milliy aviatsiya muzeyini tashkil etish bo‘yicha taklif tayyorlash rejalashtirilgan edi. Hozirda bunday muzey yaratish rejalari ma’lum emas.

“Gazeta.uz” faollarning bir vaqtlar samolyotlar yig‘ilgan shaharda aviatsiya muzeyi tashkil etish taklifi haqida ham yozgandi. Biroq bu taklif hali rasmiylar tomonidan qo‘llab-quvvatlanganicha yo‘q.

2023-yilning mart oyida Samarqand aeroportida birinchi marta rasmiy aerospotting o‘tkazilgan.

Samolyotlarni suratga olishga rasman taqiq yo‘qligiga qaramay, aviaspotterlar vaqti-vaqti bilan IIO xodimlari va Milliy gvardiya tomonidan aeroportlardan tashqarida suratga olish bo‘yicha taqiqqa duch kelmoqda.

Foto

Dina Matijenkova / Uzbekistan Airports.Dina Matijenkova / Uzbekistan Airports.

Amir Atajanov / “Gazeta.uz”.Amir Atajanov / “Gazeta.uz”.

Amir Atajanov / “Gazeta.uz”.Amir Atajanov / “Gazeta.uz”.

Amir Atajanov / “Gazeta.uz”.Amir Atajanov / “Gazeta.uz”.

Amir Atajanov / “Gazeta.uz”.Amir Atajanov / “Gazeta.uz”.

Amir Atajanov / “Gazeta.uz”.Amir Atajanov / “Gazeta.uz”.

Amir Atajanov / “Gazeta.uz”.Amir Atajanov / “Gazeta.uz”.

Alexey Litvinov / Uzbekistan Airports.Alexey Litvinov / Uzbekistan Airports.