30-sentabr kuni kechqurun Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti binolaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi soat 20:10 da signal kelib tushganini xabar berdi.
Soat 20:17 da yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib borgan va yong‘inni o‘chirishga kirishgan. Hodisa joyi soat 21:36 da qurshab olingan va bartaraf etish ishlari davom etmoqda.
“Vaziyat to‘liq nazoratga olingan”, — deyiladi vazirlik xabarida. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q, deb ta’kidladi FVV.
Ijtimoiy tarmoqlardagi videolarda yong‘in ko‘p qavatli uyni qamrab olgani, yaqin atrofdagi binolarga ham o‘tganini ko‘rish mumkin.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi universitetga yaqin joyda joylashgan. Universitet kampusida boshqa tashkilotlar ham mavjud.