1−4-oktabr kunlari respublika bo‘yicha o‘rtacha iliq va asosan quruq ob-havo kuzatiladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.
30-sentabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, respublikaning ayrim joylarida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida faqat kechqurun biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati +18…+23 daraja atrofida ancha salqin bo‘ladi.
Faqat 2-oktabrda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida, 3−4-oktabr kunlari respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 30-sentabr va 3−4-oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat asosan kechalari 1-oktabrda +7…+12 daraja bo‘ladi, 2−4-oktabrda +12…+17 darajagacha ko‘tariladi. Kunduz kunlari 1−2-oktabrda +22…+27, 3−4-oktabrda +25…+30 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.
Toshkent shahrida 30-sentabrda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat +20…+22 daraja bo‘ladi. 1−4-oktabr kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 2-sentabrda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Harorat kechalari 1-oktabrda +9…+11, 2−4-oktabrda +13…+16 darajagacha ko‘tariladi, kunduz kunlari 1−2-oktabrda +24…+27, 3−4-oktabrda +27…+30 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.