TAF!24 Toshkent reklama festivali — O‘zbekistondagi yagona reklama va kreativ bayrami bo‘lib, bu yerda marketing va reklamaga qiziqadigan yoki ular bilan professional shug‘ullanadigan har kim o‘zi uchun ilhom manbaini va yangi hamkorlarni topadi. Festivalda eng faol brendlar, agentliklar, hamkorlar, ekspertlar va iste’molchilar qatnashadi. Konferensiyada qatnashish uchun mashhur chet ellik spikerlar keladi, ular mahalliy ekspertlar bilan birgalikda o‘z amaliy bilimlarini baham ko‘radi. Bundan tashqari, festival qatnashchilari eng yaxshi jahon reklamasi g‘oyalari bilan tanishish va ulardan ilhomlanish, shuningdek, ajoyib sovrinlarni yutib olishning noyob imkoniga ega bo‘ladi.

Ushbu keng ko‘lamli voqeani O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston Marketing uyushmasi festival hamkorlari qo‘llovida tashkil etdi.

Bu yil festival O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va Qirg‘izistondan 22 nafar spikerni, shuningdek, “Yil reklamasi” ko‘rgazmasining 25 ta qatnashchi-kompaniyasini jamladi. Xalqaro hay’atga 15 nafar ekspert kiradi, mahalliy hay’at esa mamlakatdagi brend va agentliklarning 50 nafar vakilidan iborat. TAF!24 tanloviga 120 ta brend va reklama agentliklaridan 235 ta loyiha kelib tushdi, “2024-yil reklamasi” tanlovida esa 121 ta loyiha qatnashmoqda. Ochiq ovoz berishda o‘n minglab iste’molchi qatnashadi. Festivalni O‘zbekiston marketing uyushmasining 180 dan ziyod hamkori, 100 dan ortiq eksperti va 35 dan ortiq hamkor-kompaniyalar qo‘llab-quvvatlamoqda.

Festival dasturidan: mahalliy va xalqaro ekspert hay’ati fikriga ko‘ra TAF!24 tanlovi, iste’molchilar fikriga ko‘ra “2024-yil reklamasi” tanlovi, “Yil reklamasi” ko‘rgazmasi, xalqaro reklama konferensiyasi, Kann festivali g‘oliblarining loyihalari namoyishi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi hamda festival hamkorlarining sovrinlari o‘ynaladigan tanlovlar o‘rin olgan.

12-oktabr, shanba kuni TAF!24 xalqaro reklama konferensiyasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘izistonning yetakchi jahon brendlari bilan ishlovchi va xalqaro festivallarda eng yuqori sovrinlarga ega bo‘lgan mashhur ekspertlari chiqish qiladi.

TAF!24 xalqaro reklama konferensiyasining spikerlari ro‘yxati nihoyatda salmoqli:

  • Artyom Popov, AVO bank boshqaruvi raisi (O‘zbekiston)
  • Anton Rojin, Voskhod agentligi kreativ direktori (Qozog‘iston)
  • Olegjan Beketayev, Bi Group bosh brend direktori, My name is Marketing egasi (Qozog‘iston)
  • Ilhom Sobirov, O‘zbekistondagi Yandex Ads rahbari (O‘zbekiston)
  • Asxat Uskembayev, Kreativ jasorat maktabi direktori, (Qozog‘iston)
  • Irina Yejova, GG ADS bosh direktori (O‘zbekiston)
  • Andrey Son, CMO GG ADS (O‘zbekiston)
  • Sergey Firlin, MSA media direktori (O‘zbekiston)
  • Farhod Qo‘chqorov, Depot’ning strategiya bo‘yicha direktori (Rossiya)
  • Semen Shatilo, Depot’ning kreativ direktori (Rossiya)
  • Nursultan Bakit, BIRTOPS marketing agentligi asoschisi (Qirg‘iziston)
  • Sabina Reyingold, Jolbors Pointy strategiya studiyasining hammuassisi (Qozog‘iston)
  • Vladimir Lifanov, dizayner, “Suprematika” brending agentligining kreativ direktori va asoschisi (Rossiya)
  • Sayyod Matkarimov, Bellissimo Pizza pitsseriyalar tarmog‘ining marketing bo‘yicha direktori (O‘zbekiston)
  • Sergey Shima, TDI Group Central Asia strategik direktori (Belarus)
  • Rustam Mahamadjonov, Rocket, Taboo Branding, YES Media asoschisi, kreativ direktori, TAF!24 festivali kuratori (O‘zbekiston)
  • Shohruh Nizomutdinov, FCB Artgroup boshqaruvchi hamkori va kreativ direktori (O‘zbekiston)
  • Farrux Sharif, “Sintez” agentligi kreativ direktori (O‘zbekiston)
  • Iskandar Hayitboyev, Stargazer kreativ reklama agentligi asoschisi (O‘zbekiston)
  • Bekzod Abduvaliyev, Abstract Visuals prodakshn studiyasi asoschisi (O‘zbekiston)
  • Maksim Ponomarev, Mads xalqaro maktabi va Friends kreativ agentligi asoschisi (Rossiya)
  • Dmitriy Terexov, GO Ahead kompaniyasida Country Manager CIS (Qozog‘iston).

“Toshkent reklama festivali — bu xalqaro professional loyiha bo‘lib, u qatnashchilarni reklama va marketingdagi asosiy tendensiyalar bilan tanishtirishda davom etibgina qolmay, yangi formatlar va tadbirlarni ham taklif etadi. Chunonchi, bu yil biz birinchi marta “Yil reklamasi” ko‘rgazmasini o‘tkazyapmiz, unda yetakchi brendlar va agentliklar o‘z yutuqlari va yangiliklari bilan qatnashadi. Shuningdek, birinchi marta Kann festivali g‘oliblarini namoyish etamiz.

Shuningdek, bizda ko‘plab fud-hamkorlar mavjud, ular festival qatnashchilari uchun syurprizlar va sovrinlar hozirlab qo‘ygan. Hammani ko‘rishdan xursand bo‘lamiz. Festivalda ko‘rishguncha", — dedi Diyor Mirzaahmedov, O‘zbekiston marketing uyushmasi boshqaruvi raisi, TAF!24 tashkilotchisi.

“Biz O‘zbekistondagi bunday ahamiyatli va keng ko‘lamli voqeaga bosh qo‘shganimizdan faxrlanamiz. Keyingi yarim yilda AVO bank hayratlanarli o‘zgarishlar qildi va bizning AVO platinum kredit kartamiz bozorda shiddat bilan shuhrat qozondi. Biz bunday jadal o‘sishga qanday erishganimiz haqida ko‘plab savollar va mulohazalar olmoqdamiz. Tadbir davomida asosiy insaytlar va bunday natijalarga erishish imkonini bergan amaliy yechimlarimiz bilan o‘rtoqlashishga tayyormiz. Siz rivojlanayotgan bozor ehtiyojlarini to‘g‘ri baholash, mijozlar ishonchini qozonish uchun qanday vositalar samaraliroq ekani va mahsulotni zamonaviy iste’molchi talablari va kutilmalariga qanday moslashtirish kerakligini bilib olasiz. Qolaversa, mehmonlar va boshqa spikerlar qimmatli bilimlar va amaliy maslahatlar bilan o‘rtoqlashadiki, ular tadbirning har bir qatnashchisi uchun foydali bo‘ladi”, — dedi Artem Popov, AVO bank boshqaruvi raisi.

Konferensiyada iticket.uz chiptalari bilan qatnashish mumkin.
Chipta narxi — 300 ming so‘m.

Xalqaro reklama konferensiyasi yakunlanishi bilan 18:40 da 2024-yil “Kann arslonlari” kreativlik festivali eng yaxshi reklamalarining yarim soatli shousi o‘tkaziladi, undan keyin esa hay’at fikriga ko‘ra TAF!24 tanlovi va iste’molchilar fikriga ko‘ra “Yil reklamasi” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi boshlanadi. Shou va taqdirlash marosimiga kirish — bepul. Taqdirlash marosimidan keyin festival hamkorlarining sovrinlari o‘ynaladigan bir soatli tanlov dasturiga taklif etiladi.

Festivalning boshqa hamkori — AVO bank.

Festival haqida batafsil ma’lumotni havola orqali bilish mumkin.

Konferensiyaga chiptalar — iticket.uz saytida.

Reklama huquqlari asosida.