Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Shahrixon tumanida reklama banneri o‘rnatayotgan fuqaroni elektr toki urgani aytilgan video tarqaldi. Andijon viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qilishicha, holat 30-sentabr kuni soat 13:25 da sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, tuman FVBga Taraqqiyot mahallasida yollanma ishchi sifatida ishlayotgan fuqaro S.A. reklama banneri o‘rnatayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida tok urgani haqida xabar kelib tushgan.
Aytilgan manzilga zudlik bilan qutqaruvchilar yetib borib, ko‘rilgan tezkor choralar sababli fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilgan va tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tuman tez yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan.
Hozirda uning ahvoli yaxshi va shifokorlar nazorati ostida, deyiladi xabarda.