Siyosat

дайжест

Parlament palatalari bir kunning o‘zida “Kreativ iqtisodiyot” to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Oliy Majlis deputatlari va senatorlari 1 kunning o‘zida “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi va ma’qulladi. Unda kreativ iqtisodiyot sohalari sifatida 15 ta yo‘nalish belgilangan, sohani rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi va kreativ industriya parklarini tashkil etish rejalashtirilgan.


Iqtisodiyot

дайжест

sentabr oyida dollar kursi qanday o‘zgardi?

O‘zbekistonda so‘m dollarga nisbatan ketma-ket ikkinchi oy biroz qadrsizlandi. sentabr oxirida dollar milliy valyutaga nisbatan 90 so‘mga (+0,71%) mustahkamlandi. Umuman olganda, yil boshidan buyon milliy valyuta 3,1 foizga qadrsizlandi.


дайжест

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi negizida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. U meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi, issiqxona xo‘jaliklari hamda agentlik manfaatlarini ko‘zlab sudga kiritilgan da’volar va shikoyatlar yuzasidan boj to‘lamaydi.


дайжест

O‘zbekiston Shveysariyaning Stadler kompaniyasidan poyezd sotib oladi — transport vaziri

O‘zbekiston Shveysariyaning Stadler kompaniyasidan ikkita poyezd sotib olishni rejalashtirmoqda. Ular O‘zbekiston temir yo‘llarida sinovdan o‘tkaziladi, so‘ngra poyezdlarning katta partiyasini xarid qilish imkoniyati ko‘rib chiqiladi, deya ta’kidladi transport vaziri Ilhom Mahkamov.


дайжест

AQSh bilan qo‘shma loyiha O‘zbekistonga 50 mingdan ortiq metan sizib chiqishini aniqlash va bartaraf etish imkonini berdi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi “Hududgazta’minot” hamda Climate Compass shu’ba korxonasi GasGreen Asia’ning qo‘shma loyihasi natijalarini e’tirof etdi. 2023-yil mart oyidan buyon 50 mingdan ortiq metan sizib chiqishi bartaraf etildi, shu sabab chiqindi hajmi qisqardi va millionlab dollar iqtisod qilindi.


дайжест

Senat qishloq xo‘jaligi kooperativlari to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

O‘zbekiston senatorlari fermerlarning birlashishi va hamkorlikda faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan qishloq xo‘jaligi kooperativlari haqidagi yangi qonunni ma’qulladi. Amaldagi qonun 1998-yildan buyon kuchda bo‘lib kelmoqda.


дайжест

O‘zbekistonda yil oxirigacha PayPal, Apple Pay va Google Pay ishga tushishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 2024-yil yakunigacha PayPal, Alipay, UniPay, Apple Pay, Google Pay kabi xalqaro onlayn to‘lov kompaniyalari mamlakat to‘lov tizimlari va bank xizmatlariga ulash rejalashtirilmoqda. Hukumat qaroriga ko‘ra, zarur hollarda, bu uchun milliy qonunchilik talablari qayta ko‘rib chiqiladi.


дайжест

Qirg‘iziston O‘zbekiston tufayli go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qildi

Qirg‘izistonda go‘sht narxining keskin ko‘tarilishi ushbu mahsulotlarning O‘zbekistonga eksporti ortishi bilan bog‘landi. Shu sababli mamlakatda go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etildi. O‘zbekiston ichki bozorda narxi o‘sishi fonida go‘sht mahsulotlari importini oshirgandi.


Jamiyat

дайжест

Fotoreportaj: Agrar universitetidagi yong‘in oqibatlari

Agrar universiteti hududidagi binolarda dushanba kuni yong‘in yuz bergandi. Hodisa sabablari ma’lum qilinmadi. Universitetda tahsil davom etyapti — talabalar yaqin-atrofdagi boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirilgan. “Gazeta.uz” muxbiri Shohruh Haydarov hodisa joyida bo‘lib, yong‘in oqibatlarini suratga tushirdi.


дайжест

Samarqanddagi Arxitektura-qurilish universitetida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oliygohning qurilishi tugallanmagan faollar zalidan kelib chiqqani aytilmoqda. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.


дайжест

Uzbekistan Airways samolyoti Tel-Avivdan ikki soatga yaqin kechikish bilan yetib keldi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Tel-Avivdan Samarqand va Toshkentga uchishi rejalashtirilgan reysi Eronning Isroil hududini o‘qqa tutgani sabab kechiktirildi. Taxminan ikki soatlik kechikishdan so‘ng samolyot O‘zbekistonga yetib keldi.


дайжест

Axsikent yodgorligida metro uslubida qurilgan qadimiy yerosti yo‘laklari, rakovina, pol osti isitish tizimi, sopol quvurlar topildi

Namangan viloyatidagi Axsikent yodgorligida arxeologlar tomonidan ikkita noyob yerosti yo‘llari, qadimiy rakovina, pol osti isitish tizimi, sopol quvurlar topildi. Hokimlik matbuot xizmati yodgorlik va undagi so‘nggi topilmalar haqida National Geographic hujjatli film suratga olishini ma’lum qildi.


дайжест

Toshkentda maktab o‘quvchisi ustiga futbol darvozasi to‘sini qulashi oqibatida vafot etdi

Olmazor tumanidagi maktabda tunda futbol o‘ynagani borgan bolalardan biri darvoza to‘siniga osilib, undan yiqilib tushdi. 17 yoshli yigit yiqilganidan so‘ng uning ustiga darvoza to‘sini qulashi ortidan vafot etdi. Olmazor tumani prokuraturasi holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.


дайжест

O‘zbekistonda prokurorlar davlat manfaatlari himoya qilinadigan sud jarayonlarida ishtirok etish huquqini oldi

Prokurorlar yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararni qoplash va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud ishlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.


дайжест

oktabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda oktabr oyi iliq ob-havo bilan boshlanadi, 5-oktabrdan esa harorat foni pasaya boshlaydi, yomg‘ir yog‘adi. Oy davomida harorat kechalari +8…+15, kunduz kunlari +15…+28 daraja atrofida bo‘ladi. Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.


дайжест

Samarqandda tormozi ishlamay qolgan “KamAZ” 7 ta avtomobilga zarar yetkazdi

Samarqand shahrida tormozi ishlamay qolgan “KamAZ” oldindagi 7 ta yengil avtomashinaga urilib, ularni surib ketdi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar bo‘lmagan, hozirda surishtiruv olib borilmoqda.


дайжест

Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab ikki aviakompaniya O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi

Flynas va Qeshm Air aviakompaniyalari Eron ustidagi havo hududi yopilgani sababli O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi. Xususan, chorshanba kunidagi Jidda — Toshkent — Jidda va Tehron — Toshkent — Tehron parvozlari bekor qilindi.


дайжест

Davlat-boshqaruv, harbiy, ilmiy, geologiya va sanoat turizmi. O‘zbekistonda turizmning yangi turlari joriy qilinadi

O‘zbekistonda 1-yanvardan boshlab davlat-boshqaruv, harbiy, ilmiy va sanoat turizmi kabi turizmning yangi turlari joriy qilinadi. Shuningdek, Tourist map interaktiv portali ishga tushiriladi. Paypal, Apple Pay, Google Pay kabi to‘lov kompaniyalari O‘zbekistondagi to‘lov tizimlari va bank xizmatlariga ulanadi.


дайжест

Senat “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi. Asosiy ma’lumotlar

Senatorlar bozor modeliga asoslangan tizimli temiryo‘l transportiga oid yangi qonunni ma’qulladi. Davlat tezyurar poyezdlarda tariflarni tartibga solmaydi, ammo oddiy poyezdlar narxi ustidan nazoratni saqlab qoladi. 2025-yilda davlat kompaniyalari yo‘qotishlarni qoplash uchun 1,7 trln so‘m ajratadi.


Jahon

дайжест

Isroil Erondan raketa hujumiga uchradi, o‘zbekistonliklar ehtiyot bo‘lishga chaqirildi

Seshanba kuni kechqurun Eron Isroilga 181 ta ballistik raketa uchirdi. 3 kishi yaralangani xabar qilingan. O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarni raketa otishmalari vaqtida bomba boshpanalariga kirish va har doim o‘zlari bilan hujjatlarini olib yurishga chaqirdi.


дайжест

Isroil Eronning raketa hujumiga “keng ko‘lamli javob” tayyorlamoqda — Axios

Isroil Eronning ommaviy raketa hujumlariga “muhim javob zarbasi”ni tayyorlamoqda. Ehtimoliy nishonlar Eronning neft va yadroviy obyektlari bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda G‘arb OAV.


дайжест

Rossiya Ugledarni egalladi, Ukraina shahar yo‘qotilganini tasdiqladi

Ukraina Donetsk viloyati janubi-g‘arbidagi Ugledardan qo‘shinlarini olib chiqdi, shahar Rossiya nazoratida bo‘lib turibdi. Aholi punkti uchun janglar so‘nggi ikki yildan beri davom etmoqda, hudud butunlay vayron bo‘lgan.


дайжест

Isroil BMT bosh kotibini persona non grata deb e’lon qildi va uning mamlakatga kirishini taqiqladi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilda persona non grata deb e’lon qilindi. Bu bilan Guterrishning Isroilga kirishi ta’qiqlandi. Isroil tashqi ishlar vaziri buning sababi sifatida bosh kotib Eronning Isroilga qilgan hujumini “qat’iy qoralay olmagani”ni keltirdi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!