1-oktabr kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY304 Tel-Aviv — Samarqand — Toshkent reysi bo‘yicha Boeing 767 samolyotining parvozi Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va havo hududining bir qismi yopilgani sababli majburiy kechiktirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Flighradar24 xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, jo‘nab ketish rejadagidek 20:15 emas, 22:14 da amalga oshirilgan. Samolyot Samarqandga 2-oktabr kuni soat 02:45 o‘rniga 04:40 da, Toshkentga esa 04:50 o‘rniga, 06:16 da yetib kelgan.

Bir kun oldin Erondan raketa hujumi paytida Tel-Avivdagi Ben Gurion ayeroporti vaqtincha yopilgandi. Keyinchalik u ishini davom ettira boshlagan.