30-sentabr kuni prezident qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorlarning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Hujjatda sud protsessida taraflarning tortishuvi prinsipini ta’minlash, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini ko‘rib chiqishda prokurorning ishtirok etishiga oid protsessual qoidalarni aniqlashtirishni taqozo etadi.

Fuqarolik protsessual kodeksiga prokurorning davlat manfaatlarini himoya qilish huquqini nazarda tutuvchi quyidagi o‘zgartishlar kiritilmoqda:

  • yerga oid huquqiy munosabatlar;
  • davlat mulki;
  • davlatga yetkazilgan zararni qoplash va davlat budjetidan undiruvlar.

Bundan tashqari, prokurorga davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza berish huquqi beriladi.

Iqtisodiy protsessual kodeksga prokurorning ish yuritishda ishtirok etishini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda. Bunga quyidagilar kiradi:

  • yerga oid huquqiy munosabatlar;
  • davlat mulki;
  • ekologik qonun me’yorlarini buzish;
  • davlat budjetidan undiruvlar;
  • o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish;
  • xususiy mulk sifatida egalik qilish va foydalanish faktini aniqlash;
  • bojxona to‘lovlarini undirish.

Bundan tashqari, Fuqarolik, Iqtisodiy va Ma’muriy protsessual kodekslarda prokurorning sud muhokamasi vaqti va joyi haqida prokuror tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan, qonunda uning ishtirok etishi nazarda tutilgan ishlar bo‘yicha kassatsiya protesti, taftish tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun tegishli sudlardan ishlarni talab qilish huquqi belgilangan. Shuningdek, ular ushbu toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish natijasida chiqarilgan sud hujjatlari ustidan shikoyat qilishlari mumkin.

O‘zgartirishlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud orqali to‘laqonli himoya qilishda prokuratura faoliyati samaradorligini oshirishga, shuningdek, sudlarda ishlarni muhokama qilishda prokuratura organlari faoliyatida qonun ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.