O‘zbekiston Bagama orollari Hamdo‘stligi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanalida yozdi.
Vazir Nyu-Yorkda hamkasbi — mamlakat tashqi ishlar vaziri Frederik Mitchel bilan uchrashdi. Tomonlar ikki davlat orasidagi masofa uzoq bo‘lishiga qaramay samarali aloqalarni o‘rnatish uchun ko‘plab muhim imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.
Shu tariqa Markaziy Amerikada joylashgan Bagama orollari O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 155-mamlakat bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Seyshel orollari, Kabo-Verde, Liberiya va Togo mamlakatlari bilan ham diplomatik aloqalar bo‘yicha hujjatlar imzolagandi.