Namangan viloyati Kosonsoy tumanida mashinada me’yordan ortiq yo‘lovchi tashigan yo‘lovchi ushlandi, deb xabar bermoqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
Ma’lum qilinishicha, Hyundai Starex mikroavtobusi YPX xodimi tomonidan to‘xtatilib, tekshirilganda unda bog‘cha bolalari borligi aniqlangan.
Xabarda bolalarning aniq soni keltirilmagan, surat orqali ular 30 nafardan ortiq ekanini ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari, haydovchida tegishli hujjatlar bo‘lmagan. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.